Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

MLS. Los-Anjeles derbisi va kuchlilar to'qnashuvi. CHorak final prevyusi

Ertaga, AQSH milliy chempionati pley-off bosqichining 1/4 final raundi doirasida bosh sovrinni qo'lga kiritish yo'lida hozircha omadi kelayotgan musobaqani yakuniy turnir jadvalida kuchli beshlikda yakunlagan jamoalar o'zaro bahsga kirishishadi.

.
- Yuklab olish

Nyu-York va Toronto shaharlari jangiG'arbiy mintaqada deyarli butun mavsum davomida karvonboshilikni hech kimga bermay kelgan "Nyu-York Siti" 24 ishtirokchi orasida 6 mag'lubiyat qayd etgan holda, faqatgina Los-Anjeles shahri bosh jamoasidan keyin eng kam omadsizlikka uchragan klub bo'ldi. Ular bu safar, chempionlik poygasida baholi qudrat qatnashgan va yakunda Runi jamoasi bilan bir hil ochko to'plab, to'plar nisbatiga ko'ra 4-o'rinni egallagan "Toronto" bilan bellashib ko'rishadi.

Azaliy raqobatchilar bahsiPeshqadamlar ichida ko'proq durangga moyil bo'lgan va oltin medallar uchun kurashda haqiqiy gigant jamoa oldida ojiz qolgan "Sietl Saunders" 2-o'rinni egallash yo'lida uchun doimiy raqobatchisi bo'lib kelgan "Real Solt-Leyk" bilan ro'baro' bo'ldi. Har ikkala jamoada ham tarkib asosini turli davlat fuqaroligiga ega tajribali legioner futbolchilar tashkil qilishadi. SHunday ekan, o'yin qiziqarli kurashlar ostida o'tishiga zarracha shubha yo'q.

Kuchlilar bellashuviYana bir butun mavsum bo'yi sovrinli o'rinlar uchun keskin ravishda kurashib kelgan musobaqaning ikki grant klubi "Atlanta" va "Filadelfiya" o'zaro to'qnash kelishdi. Mezbon jamoa bosh sovrinning amaldagi sovrindori bo'lsa, Yuta shtati vakillari hali biron marta shohsupaga ko'tarilishmagan. To'g'ri, o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyat tashkil topganiga endigina besh yil to'lgan atlantaliklar tarixidagi birinchisi bo'lgan edi. SHu nuqtai-nazardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, ushbu bahsga nisbatan qiziqish auditoriyasi sezilarli darajada katta bo'lishi aniq.

Los-Anjeles ikkiga bo'linadiAQSHning eng ko'rkam va chiroyli shaharlaridan biri bo'lgan Los-Anjelesda joylashgan yuqori saviyali o'yinchilarga ega ikki grant klub g'arbiy zona chempioni "Los-Anjeles" tarkibida bo'ydor va jismoniy jihatdan juda baquvvat futbolchi Zlatan Ibragimovichga ega "LA Gelaksi"ga qarshi ayovsiz jang olib boradi. SHu kuni, ko'hna shahar aholisi ikki tomonga ajraladi va ishqibozlar kuchli jamoalarning super uchrashuviga guvoh bo'lishadi.

Xondamir Hakimov tayyorladi

BestMaster
23 Oktyabr 2019, 14:45
los-anjeles, derbisi, kuchlilar, toqnashuvi, chorak, final, prevyusi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads