Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Bu sharmadalik”. Kurtua “Real”ning mag'lubiyatiga shunday izoh berdi

“Real” posboni Tibo Kurtua jamoasining “Malorka”ga (0:1) uchralgan mag'lubiyati haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

“Biz xuddi shunday “Malorka”ni kutgandik. Murabbiylarimiz raqib bizga nisbatan maksimal ravishda intensiv harakat qilishini va biz ularga munosib javob qaytarishimizni aytgandi. Bizda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi, ammo oxirgi pas etishmadi. Raqibda esa deyarli imkoniyat bo'lmasada, uch ochkoni qo'lga kiritdi. O'ylashimcha, bu (natija) sharmandalikdan boshqa narsa emas. Biz bu uchrashuvda g'alaba qozonishimiz shart edi.

“Barselona” bilan bahsning qoldirilganligi bizga qandaydir tasirini o'tkazdi, deb o'ylamayman. Deyarli barchamiz terma jamoa tarkibida edik va bu haqda o'ylashga ko'p ham vaqtimiz yo'q edi”, deya Kurtuaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.

Ushbu mag'lubiyatdan keyin qirollik klubi La Liga turnir jadvalining eng yuqori pog'onasini ashaddiy raqibi “Barselona”ga bo'shatib berishga majbur bo'ldi. Ayni paytda madridliklar “Barsa”dan bir ochkoga ortda qolishmoqda. Zidan jamoasini taslim etgan “Malorka” esa 7 ochko bilan 14-pog'onada bormoqda.

BestMaster
20 Oktyabr 2019, 08:15
“bu, sharmadalik”, kurtua, “real”ning, maglubiyatiga, shunday, izoh, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads