Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» sensatsion tarzda yutqazdi (videosharh)

"Real" Ispaniya chempionatining 9-turida g'alaba qozonib, yana birinchi o'ringa qaytish vazifasini uddalay olmadi.

.
- Yuklab olish

"Real" Ispaniya chempionatining 9-turida g'alaba qozonib, yana birinchi o'ringa qaytish vazifasini uddalay olmadi. Zidan jamoasi jadvalning quyi pog'onalaridan birida borayotgan "Malorka" maydoniga safar uyushtirib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Maydon egalarining 7-daqiqada uyushtirgan hujumi muvaffaqiyatli yakunlandi. Lago Junior jarima maydonchasiga kirdi, Odriosolani chalg'itdi va olis burchak tomon aniq zarba berdi. Kurtua zarbani qaytara olmadi, 1:0. Oradan 7 daqiqa o'tib "Malorka" madridliklar darvoza tomon yana bir marta yo'l topgan edi. Ammo ofsayd tufayli gol inobatga olinmadi.

"Qirollik klubi" butun uchrashuv davomida haqiqiy golga tortadigan bitta vaziyat yaratdi. Bahsning 27-daqiqasida Xamesning uzatmasidan keyin Benzema darvozabon maydonchasi chizig'i ustida to'pni darvoza tomon burdi. To'p esa to'singa tegib qaytdi.

O'yinning 74-daqiqasida Alvaro Odriosola ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

Bu "Real"ning mavsumdagi La liga doirasidagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. Shunga qaramay, Zidan shogirdlari jadvalda 2-pog'onaga tushishdi.

Ispaniya La ligasi, 9-tur
Malorka – Real Madrid 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 7 Lago Junior.
Malorka – Reyna, Sastre (Lumor, 46), Valent, Railo, Games, Febas (Kubo, 59), Baba, Sevilya, Dani Rodriges, Budimir, Lago Djunior (Traykovski, 81).
Real Madrid – Kurtua, Odriosola, Militao, Ramos, Marselo, Xames, Isko (Rodrigo, 66), Kazemiro, Vinisius Junior (Braim Dias, 81), Yovich (Valverde, 66), Benzema.
Ogohlantirishlar: Odriosola (19), Sastre (30), Baba (90).
Chetlatish: Odriosola (74).

BestMaster
20 Oktyabr 2019, 04:30
liga, «real», sensatsion, tarzda, yutqazdi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads