Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Modrich yana Xorvatiya sudiga chaqirildi, u 5 yilga qamalishi mumkin

«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich yana Xorvatiya sudida ko'rsatma berdi.

.
- Yuklab olish

«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich yana Xorvatiya sudida ko'rsatma berdi.

Avvalroq, u «Dinamo Zagreb» klubining sobiq xo'jayini Zdravko Mamichning moliyaviy firibgarlik ishi bo'yicha ham sudda ko'rsatma bergan edi. Biroq, prokuratura futbolchini yolg'on gapirganlikda aybladi va takroran sudga chaqirdi.

«Men xuddi avvalgidek, o'zimni himoya qilish va haqiqatni aytish uchun keldim. Vijdonim pok. Ishonchim komil, mening gaplarim haqiqat ekani va hech qanday qonunni buzmaganim isbotlanadi» - dedi Modrich AFP xabarida.

Ayni paytda Zdravko Mamich «Dinamo» futbolchilarining xorijiy klublarga sotilishi jarayonida 15 mln evro mablag'ni noqonuniy o'zlashtirib, 1,5 mln evro miqdoridagi soliqni to'lamaganlikda ayblanmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, Modrich ham «Tottenhem»ga transfer qilinganida ma'lum miqdordagi mablag'ni olgan va buni deklaratsiyaga kiritmagan. Agar Modrichning aybi isbotlansa, unga 5 yilgacha qamoq jazosi tahdid soladi.

Ma'lumki, Modrich 2008 yilda «Dniamo»dan «Tottenhem»ga o'tgan edi. 2012 yildan boshlab esa «Real»da o'ynamoqda.

BestMaster
5 Iyul 2017, 19:40
modrich, yana, xorvatiya, sudiga, chaqirildi, yilga, qamalishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads