Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Granada» «Real»ni xavotirga soldi, 3 ochko «Bernabeu»da qoldi

Ispaniya La ligasining 8-turida ayni paytda peshqadam bo'lib turgan "Real" va "Granada" klublari o'zaro to'qnash kelishdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La ligasining 8-turida ayni paytda peshqadam bo'lib turgan "Real" va "Granada" klublari o'zaro to'qnash kelishdi.

O'yin 1:0 hisobi bilan boshlandi. Boisi, bahsning 2-daqiqasida Beylning aniq uzatmasidan keyin Benzema yaqin masofadan zarba berib, hisobni ochdi.

Mazkur "zarba" mehmonlar uchun ancha sezilarli bo'ldi shekilli, ular birinchi bo'lim "Qirollik klubi" darvozasi oldida xavfli vaziyat yarata olishmadi. Aksincha, bo'lim tugashi arafasida mezbonlar hisobdagi farqni oshirishdi. Federiko Valverdening sa'y-harakatlaridan so'ng Eden Azar kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi. Bu belgiyalik futbolchining Ispaniya chempionatidagi dastlabki goli bo'ldi.

"Madrid"ning uchinchi golida ham Valverde muhim vazifani bajardi. U yon chiziqda to'pni maydonda saqlab qolib, hujumga asos soldi. Azardan uzatma qabul qilgan Modrich 26 metrlardan kuchli zarba berib, "to'qqizlik"ni nishonga oldi.

Bu paytda o'yinning 61-daqiqasi o'tib borayotgan va barchasi hal bo'lgandek edi. Ammo oradan ko'p o'tmasdan Areola xatoga yo'l qo'ydi. U himoyachidan to'pni qabul qilib, tepib yubormoqchi bo'lganida, hujumchi etib kelib to'pga oyoq uzatdi. Darvozabon esa Karlos Fernandesning oyog'idan tepib yubordi. Penalti va sariq kartochka. David Machis aniq zarba bilan "Granada"ning dastlabki golini urdi.

Uchrashuvning 77-daqiqasiga kelib mehmonlar ikkinchi to'pni "Real" darvozasiga kiritishdi. Burchak zarbasi amalga oshirilganidan keyin Duarte darvozani zabt etdi — 3:2.

O'tkazib yuborilgan 2ta goldan keyin Zidan jamoasi darhol xushyor tortdi va yana hujumlar tashkil qila boshladi. Benzema birinchi golning "nusxasi"ni takrorlashi mumkin edi. Bu safar "Granada" posboni seyv namoyish qildi.

Qo'shib berilgan daqiqalarda esa "Real" qarshi hujum tashkil qilib, raqibni jazoladi. Odriosolaning uzatmasidan keyin Xames Rodriges darvozani ishg'ol qildi.

Shu tariqa, madridliklar oson bo'lmagan g'alabani qo'lga kiritishdi va La ligada peshqadamlikni davom ettirishadi.

La liga, 8-tur
REAL MADRID – GRANADA - 4:2 (2:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 2 Benzema, 2:0 – 45 Azar, 3:0 – 61 Modrich, 3:1 – 69, penalti Machis, 3:2 – 77 Duarte, 4:2 – 90 Xames.
Real Madrid – Areolya, Ramos, Karvaxal, Varan, Odriosola, Valverde, Kazemiro, Beyl (Xames, 83), Kroos (Modrich, 34), Azar (Isko, 69), Benzema.
Granada – Ruy Silva, Duarte, Neva, Dias, Xerman Sanches, Aziz (Vadilo, 51), Montoro (Gonalon, 6), Puertas, Errera, Machis, Soldado (Fernandes, 64).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (43), Karvaxal (54), Xerman Sanches (54), Soldado (56), Areolya (68), Errera (72), Duarte (73), Puertas (81), Xames (90).

BestMaster
5 Oktyabr 2019, 21:30
liga, «granada», «real»ni, xavotirga, soldi, ochko, «bernabeu»da, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 xalid  
Realga omad
6 Oktyabr 2019, 08:26
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads