Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan ketishi kerakmi? Ramos javob berdi

Hozirda “Real Madrid” jamoasining qoniqarsiz natijalari sababli klub murabbiyi Zayniddin Zidan haqida tanqidiy fikrlar ko'payib bormoqda. 

.
- Yuklab olish

Hozirda “Real Madrid” jamoasining qoniqarsiz natijalari sababli klub murabbiyi Zayniddin Zidan haqida tanqidiy fikrlar ko'payib bormoqda.  Bugun shu mavzu yuzasidan “qirollik klubi” futbolchilar tomonidan so'nggi kunlarda Ispaniya nashrlariga berilgan bir nechta intervyularni e'tiboringizga havola etamiz.  
 
Serxio Ramos

Zidan ishonch bag'ishlaydigan murabbiy.  U futbolchilar bilan aloqa qilishning eng qulay uslublarini o'zlashtirgan.  Ochig'i “Real Madrid” singari jamoada bu ishni uddasidan chiqish juda mushkul,  sababi bizning jamoada dunyoning deyarli barcha burchaklaridan kelgan turli hil madaniyat egalari jamlangan.  Aynan unga kiyinish xonasidagi mezonni tutib turish ortiqcha qiyinchilik tug'dirmaydi.  Biz uning jamoamiz tepasida turganidan juda xursandmiz.  U kemamizning kapitani ekanligini unutmasligimiz va mavsum so'nggiga qadar birlashgan xolda harakat qilishimiz shart.  Men Zidanning tarafini olgan birinchi futbolchi emasman.  Agarda yigitlardan so'rasangiz barchasi mening fikrimga qo'shiladi.  

Karim Benzema

Zidan ortga qaytganida barchamizning quvontirgani hech kimga sir emas. To'g'risi u bilan ancha oldin qalin do'stlarga aylangan edik.  U mening katta akamdek qadrdon va oilam a'zosi.  Chunday bo'lsada,  Zidan meni tanqid qilmaydi deya olmayman.  Ko'pchilik uning g'alabalarini omad yoki tasodif bilan bog'laydi,  biroq hayotda sizga faqat bir bor omad kulib boqishi mumkin.  Agarda tinimsiz g'alaba qozonyapsizmi,  demak uning kaliti omadda emas.  Zidan yosh murabbiylar uchun chinakam na'muna desam,  adashamgan bo'laman.  U tarixni yaratgan va o'zi yaratgan tarixni uzoq vaqt yozishga qodir.

Luka Modrich

Zidan erishgan ulkan natijalardan so'ng,  uning g'alabalariga shubha ko'zi bilan qarash noo'rin.  Bu shunchaki,  ahmoqona fikrlar xolos.  Futbol bu sport va unda doim ham barchasi ijobiy tomonga xal bo'lavermaydi.  Biz o'z murabbiyimizni so'nggi soniyalarga qadar qo'llab-quvvatlaymiz.  

Marselo
 
Butun Madrid uning ortga qaytishidan xursand bo'lgan edi.  U har bir futbolchiga u qanday o'yin o'tkazganiga qarab kerakli so'zlarni topib ayta oladigan chinakam murabbiy.  Jamoamizdagi barcha u bilan qanday muloqot qilishni juda yaxshi biladi.  Ba'zan hayotimizda og'ir ba'zan esa,  qiyin kunlar bo'lgani kabi futbolda ham g'alabalar davomli bo'lavermaydi.  Men va jamoadagi yigitlar Zidan bilan so'nggi qonimiz qolguniga qadar birga bo'lishga tayyormiz va sira ikkilanmayapmiz.

BestMaster
5 Oktyabr 2019, 14:00
zidan, ketishi, kerakmi?, ramos, javob, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 bmh7  
Zidan bu haqiqiy trener agar haydasa Real undan zurini boshqa topolmaydi
5 Oktyabr 2019, 16:25
 bmh7  
Zidan eng zuri mourino kesa real vapshe qulaydikuuu
5 Oktyabr 2019, 16:26
 5800isco22  
zidan zo'ru mourinyo kelsa real sekundaga tushib ketadi
5 Oktyabr 2019, 16:37
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads