Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: «Atletiko» – xalq jamoasi? Biz ko'p ishlayapmiz»

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Atletiko»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Atletiko»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Futbolchi va murabbiy sifatida derbidagi ishtiroki haqida
«Murabbiy yoki futbolchi bo'lishingdan qat'i nazar, bu — hamisha mas'uliyat: mazkur buyuk jamoada ishlayotgan odamlarda hamisha mas'uliyat bo'ladi. Hozir esa men murabbiy sifatida mas'ulman. Derbida nima qilish kerakligini bilamiz, o'yinga tayyormiz. La liganing yana bitta o'yini va 3 ochkolik o'yin».

Simeone va xalq jamoasi haqida
«Men bunga aralashmayman. Lekin shuni aytishim mumkin, futbolchilarim erta turishadi va ko'p ishlashadi. Barcha shunday rejimda ishlaydi. Agar odamlar bir jamoani boy klub, ikkinchisini xalq jamoasi deyotgan bo'lsalar... men buni muhokama qilishni istamayman. Faqat shuni aytishim mumkinki, menga "Real" muxlislarining fikri qiziq. Ular futbolchilar bilan faxrlanishni istrashadi».

O'ziga xos o'yin haqida
«Yo'q, bunday o'yin emas: ertaga navbatdagi o'yinni o'tkazamiz va unda g'alaba qozonishni istaymiz. Buning uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz. Biz uchun hech narsa o'zgarmadi. Ertaga qiyin o'yin kutib turganini bilamiz. Biz kuchli raqibga qarshi o'ynaymiz, ammo raqib ham shunday holatda».

Tibo Kurtua haqida
«Biz bir qayiqdamiz: safimizda 25 nafar futbolchi bor va men ularning barchasiga ishonch bildiraman. O'yinchilardan talab qiladigan yagona narsa — ularning barchasi o'yinga tayyor bo'lsin. Ammo maydonga 11 futbolchi tushadi. Qoida shunday».

«Atletiko»ning qaysi futbolchisi «Real»ning asosiy tarkibida o'ynagan bo'lardi?
«Bir necha yillardan beri menga bu savolni berishadi. Men esa bunga javob bermayman: ixtiyorimda eng kuchli tarkib yig'ilgan. Bunga ishonchim komil. Men faqat ular haqida o'ylayman, lekin boshqalarga hurmat bilan qarayman».

Harakatchanlik haqida
«Bu borada xavotirga tushayotganim yo'q. Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rib, yaxshi o'yin o'tkazishni istaymiz. O'yin qiyin bo'lishini bilaman. O'yinda nafaqat harakatchanlik, balki ko'p jihatlar muhim ahamiyatga ega bo'ladi».

Eden Azar haqda
«Uning qanday o'yinchi ekanini bilamiz, u istagan paytda o'zini ko'rsatishi mumkin. Albatta, barcha undan ko'p narsa kutmoqda. Biz esa uni qo'llab-quvvatlaymiz. Biz o'yindan o'yinga bosqichma-bosqich harakat qilamiz. Ishonchim komil, Azar biz xohlagan o'yinchiga aylanadi.

Mavsumoldi yig'inida 3:7 hisobidagi mag'lubiyat haqida
«Uning bu galgi o'yinga aloqasi yo'q».

Derbidagi muvaffaqiyat kaliti haqida
«O'yinning borishga ko'p narsa ta'simr qiladi. 90 daqiqa davomida hamma narsa ro'y berishi mumkin. Nima yuz berishidan qat'i nazar, kontsentratsiyani saqlagan holda nima qilishimiz kerakligi haqida o'ylashimiz lozim».

BestMaster
28 Sentabr 2019, 09:30
zidan, «atletiko», xalq, jamoasi?, ishlayapmiz»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads