Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zinedin Zidan: "Bizni boy, "Atletiko"ni ishchan jamoa deb atashadi, ammo "Real"da ham kam mehnat qilinmaydi"

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Atletiko" bilan o'yindan oldin jurnalistlar fikriga javob berdi.

.
- Yuklab olish

– "Atletiko" halq jamoasi sifatida ko'riladi, "Real"ni esa bunday emas.

– Bunday narsalarga aralashmayman. Bu erda odamlar juda ko'p ishlalashadi ("Atletiko"da bo'lgani kabi) deb aytishi mumkin. Bizni boy, "Atletiko"ni ishchan jamoa deb atashadi, ammo "Real"da ham kam mehnat qilinmaydi. Hech narsani o'zgartirmoqchi emasman. Men bir narsani bilaman. "Real Madrid" muxlislari o'yinchilarida faxrlanishadi va biz barchasini ular uchun qilmoqchimiz.

– Derbi alohida ahamiyatga ega o'yinmi?

– G'alaba qozonishni istaymiz. Juda kuchli raqibga qarshi qiyin o'yin bo'ladi. 

– Kurtua asosiy tarkibga qaytadimi?

– Hammamiz bitta qayiqdamiz. Barchani hisobga olaman. O'yinchilarim tayyorligini aytmoqchiman. Qaydnomadagi 25 futbolchidan hammani maydonga tushirishdan hursand bo'lardim.

– "Atletiko" bilan o'yin – Simeone bilan to'qnashuvmi?

– Har bir futbolchining o'z o'rni bor. U hamma singari raqibni o'ta chuqur o'rganadi. Lekin, ertaga "Real" va "Atletiko" o'rtasidagi o'yin guvohiga aylanamaiz.

– Jadvaldagi etakchilik sizga tasir ko'rsatmaydimi?

– Har doim xotirjamlikni saqlagan holda, nima qilishimiz lozimligi haqida fikrlash kerak. Ko'p tahdidlar uyushtiradigan qiyin raqibga qarshi o'ynaymiz. Biroq, meni faqat o'zimning jamoam qiziqtiradi. Yaxshi o'yin o'tkazish uchun motivaciyaga ega bo'ldik", – deydi Zidan. 

BestMaster
27 Sentabr 2019, 19:30
zinedin, zidan, bizni, atletikoni, ishchan, jamoa, atashadi, ammo, realda, mehnat, qilinmaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 zedan  
to'g'ri gazini bos REAL
27 Sentabr 2019, 22:21
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads