Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» muhim g'alabaga erishdi (videosharh)

Ispaniya La ligasining 5-turi doirasida "Sevilya" o'z maydonida "Real"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La ligasining 5-turi doirasida "Sevilya" o'z maydonida "Real"ni qabul qildi.

Uchrashuvda xavfli vaziyatlar u qadar ko'p bo'lmadi, jamoalar natija uchun kurash olib borishdi. Birinchi bo'limda tomonlar ikkitadan xavfli vaziyat yaratib, ulardan foydalana olishmadi. Ayniqsa, Azar va Karvaxal raqib posboni bilan yuzma-yuz vaziyatdan samarali foydalana olishmadi.

Ikkinchi bo'lim o'rtalarida esa hisob ochildi. O'ng qanotdan etkazib berilgan uzatmani Karime Benzema bosh bilan "Sevilya" darvozasiga joylab qo'ydi.

Mezbonlar o'tkazib yuborilgan goldan keyin faollikni oshirishdi. O'yin oxiriga qadar ularda ikkita imkoniyat bo'ldi. Ammo qanotdan etkazilgan uzatmaga hujumchilar har ikkala safar bosh bilan aniq zarba bera olishmadi.

Shu tariqa, "Real" o'z ochkolarini 11taga etkazib, "Atletik" bilan birgalikda jadval peshqadamiga aylanishdi.

La liga, 5-tur
Sevilya – Real Madrid 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 64 Benzema.
Sevilya – Vatslik, Navas, Diego Karlos, Karrisu (Nolito, 81), Regilon, Jordan (Ernandes, 69), Fernando, Banega, Vaskes (Oliver Torres, 52), de Yong, Okampos.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi, Kazemiro, Kroos, Beyl, Xames (Valverde, 76), Azar (Vaskes, 90), Benzema.
Ogohlantirishlar: Karvaxal (20), Banega (26), Jordan (53), Ramos (62), de Yong (90).

BestMaster
23 Sentabr 2019, 15:00
liga, «real», muhim, galabaga, erishdi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads