Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Tuxel "Real"ning muammolarini ochib tashladi. Zidan jamoasi har jabhada kuchsiz

Parijdagi o'yin mavsum oldidan o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuviga o'xshadi. Ikki jamoa natija qanday bo'lishiga etibor qaratmadi.

.
- Yuklab olish

Ikkala klub o'zining asosiy yulduzlarisiz (Modrich, Ramos, Isko, Mbappe, Neymar, Kavani) o'ynashdi. Bahsda quyidagi talablarga javob bergan klub zafar quchdi: a) tezkor gol urgan b) doimiy uslubida harakat qilgan v) uyida o'ynagan.

Bu erda 16ta banddan iborat tahlil kerak emas deb o'ylayman. Uchrashuvning yagona muhim mavzusi - o'zgarayotgan Madrid klubining muammolari. SHu sababli nega Zinedin Zidanning jamoasi bunchalik yomon ekanligini o'rganamiz.

"Real" qanchalik yomon o'yin ko'rsatdi?

PSJ har jabhada raqibidan ustun edi. Ammo "Real"ning muvaffaqiyatsizligini bitta fakt ko'rsatib berishi mumkin: Tezkor gol o'tkazib yuborgan madridliklar javob tariqasida Parij klubini o'z maydoniga qamab qo'ya olmadi. Odatda teng jamoalar kuch sinashsa, goldan so'ng hisobda oldinga chiqib olganlar himoyaga o'tadi, mag'lub bo'layotganlar esa bor kuchini ishga solib, hisobni tenglashtirishga intiladi.

Bu suratda to'p ko'proq qaysi hududda bo'lganini ko'rishimiz mumkin. Birinchidan, "Real" o'tkazib yuborilgan goldan so'ng to'pga egalik qilmadi. Ikkinchidan, qaysi jamoa to'p bilan bo'lmasin, u doimo PSJ darvozasidan uzoqda yurdi.

"Real" to'pni nazorat qilganida, harakatlanishda jiddiy muammolar kuzatildi. Paslarning bor-yo'g'i 22% raqib darvozasiga yaqin hududga uzatildi.

Natija: Jarima maydoni ichidan zarbalar 7:4 PSJ foydasiga, golli vaziyatlar bo'yicha 3:1, darvozaga aniq zarbalar 5:0. Hudud, to'pga egalik qilish, o'ta xavfli hujumlar - barcha ko'rsatkichlar bo'yicha PSJ raqibidan ustun edi.

Pressing - eng jiddiy muammo

"Real" raqib maydonida pressing uyushtira olmadi, shu sababli Madrid klubi to'pga egalik qilmadi va uni o'z tomoniga qamay olmadi. PSJ o'yinni 90% aniq pas bilan yakunladi - Tiago Silva va Presnel Kimpembelarning uzatmalaridagi aniqlik 96%ga etdi.

PSJ to'pga egalik qilganida ikki xil vaziyat bo'ldi. Birinchisi - "Real" 4-1-4-1 sxemasida (har doim ham tartibga etibor qaratilmadi) harakat qildi va raqibga umuman bosim o'tkazmadi.

Ikkinchisi - 4-4-1-1. Bu sxemada gohida Kroos, gohida Xames qolganlardan ajralib, passiv bosim hosil qildi. Raqibda muammo tug'ilishi uchun bu etarli emas.

"Real" jamoaviy pressing amalga oshirishni eplay olmadi. Bu erda Xames va Kroos faqat bir futbolchiga o'ynadi (ikkala jamoa 4-3-3da o'ynadi, "Real" faqat ikki futbolchini yopdi, Kasemiro orqaroqda harakat qildi, Geyeda esa "qo'riqchi" yo'q). Azar nazariya bo'yicha Geyeni yopishi mumkin.

Aslida esa u Geye yoki Menedan birini tanlay olmay, kimni qo'riqlashni bilmayapti. Geye to'liq erkin, to'p bilan bo'lib turgan Kimpembega hech kim bosim o'tkazmayapti.

"Real"da pressing bo'yicha aniq ko'rsatmalar yo'q. Jamoaning bir qismi birinchi, qolgani esa boshqa reja bo'yicha pressing uyushtirishidan qo'rqinchliroq narsa yo'q.

Muvaffaqiyatsizliklar tez-tez takrorlandi. Masalan, yuqoridagi suratda "Real" yana markazda pressing amalga oshiryapti. Endi xatto barcha yarim himoyachlarni yopishdi (Kasemiro oldiroqqa chiqdi), ammo ikkita vaziyatga etibor bering: 1) o'z yarim maydonida personal pressing uyushtirish katta tavakkal hisoblanadi, odatda buni raqib darvozasi oldida amalga oshirishadi 2) Bunday pressingdan maqsad - to'p qabul qiladigan barchani yopish, suratda esa yana Kimpembe bo'sh.

Hech bir top klub bunchalik yomon pressing uyushtirmaydi. Bu uslub yoki murabbiy ko'rsatmasiga bog'liq narsa emas: Minimal pressing doimo kerak, aks xolda Parij - "Real" uchrashuvidagi scenariy takrorlanadi. Asosiy rejangiz pressing bo'lmasin, ammo bosimsiz muvaffaqiyatga erishmaysiz.

Avvallari Zidanning "Reali" pressingda juda yaxshi harakat qilardi. Franciyalik "Qirollik klubi"dagi ikkinchi mavsumida raqibni juda yuqorida kutib olishga harakat qildi, ammo vaqt o'tishi bilan agressiv bosimdan voz kechdi. Biroq "qaymoqranglilar" vaqti-vaqti bilan namunali pressinglash uyushtirib turishdi. Undagi muhim rolni Luka Modrich o'ynadi. Hamma gap Modrichda deb o'ylasangiz adashasiz. Muammo kattaroq.

Beyl va Azar himoyaga yordam bermayapti

Agar pressing bo'lmasa pozicion himoyada ishonchli harakat qilish lozim. "Real"da bunday emas. Qanotdagi mashhurlar vaziyatni og'irlashtirmoqda: Eden Azar va Garet Beyl himoyaga qaytmasligi bilan mashhur. Tarkibda bunday futbolchi bitta bo'lsa, jamoani unga moslashtirish mumkin. Biroq ikki "qaytmas" - xaddan tashqari ko'p. Ayniqsa markazda sekin harakatlanadigan Kroos va himoyaga juda kam yordam beradigan Xames bo'lsa.

PSJ aynan qanotlarga bosim o'tkazdi. Deyarli barcha vaziyatlar chap yoki o'ngdan boshlandi. CHap qanot himoyachisi Xuan Bernat ikkita golga assistentlik qildi. Bazida hujum qanotda boshlandi, bazida esa markazdan o'ynash uchun futbolchilar etishmadi.

Omadsizlikning birinchi turi - Azar juda yuqorida bo'lgani tufayli Ferlan Mendi 2ga 1 qolib ketdi:

Ikkinchi turi - Beyl keraksiz paytda Di Mariya ortidan tayanch yarim himoya hududiga surildi:

Keyin eng muhim vaziyatda Garet vaziyatdan tushib qoldi - PSJ 4ga 3 chiqdi. Ayan shu to'rtlikdagi Di Mariya gol urdi.

Pastdagi surat esa ikkinchi goldan oldingi vaziyat. Tayanch hududi bo'sh, chunki Azar oldinda qolib ketgani uchun Kroos va Kasemiro uning joyini yopishdi. Syurpriz syuprizga bog'lanib golga aylandi:

Azar va Beylning muammosi bir xid emas - ular bazida etiborni yo'qotishadi, bazida futbolchilar juda oldinda, bazida esa joy tanlashda adashishadi. Bu erda ularning aybi yo'q. Ular harakat qilishdi, shunchaki bunday ish bilan ko'p shug'ullanishmagan.

Uzoq muddatli rejada bitta echim bor: Azar yoki Beyl zaxirada qoladi. Pressing yaxshilangan taqdirda ham bu kerak. Kim? Beyl bo'lsa kerak, ammo bu qiyin. Garet - mavsum startidagi jamoaning eng yorqin futbolchisi, ammo Azar - asosiy yulduz.

Yana bir muhim jihat: Tuxel bu kamchilikni juda yaxshi tushundi. Ikki qanot himoyachisi juda yuqorida o'ynadi, yarim himoyada muvozanat bo'lishi uchun birdaniga ikki "buzuvchi" (Markinos va Geye) maydonga tushirildi. Yaxshi ish berdi, ammo boshqa raqiblar "Real"ni bunday jazolay olmasa kerak.

"Real" havodan bo'ladigan uzatmalardan voz kedi, ammo uning o'rniga boshqa uslub topmadi

"Real" qanotdan bor-yo'g'i 9ta uzatma amalga oshirdi. So'nggi yillarda jamoaning bitta bahsdagi o'rtacha ko'rsatkichik 20tadan pasaymagan edi. 9ta uzatma - boshqa uslubga o'tayotgan jamoaning natijasi (masalan, markazdan). Ammo "Qirollik klubi"ning uzatmalardan voz kechishi foyda bermadi, chunki uning o'rniga boshqa uslubdan foydalana olmadi.

Tarkibda Azar bo'lsa, uzatmalardan foyda yo'q, shu sababli qarorni tushunsa bo'ladi. Ammo uslubni endi izlashayotgani juda g'alati. "Real" mavsumning ilk o'yinlarida qanotdan uzatmalar orqali o'ynadi. Bu vaqt ichida yangi uslubni izlash kerak edi. Natija: Azar maydonda, biroq markaz orqali o'ynash uslubining tizimi yo'q.

Ikki asosiy muammo - markaz orqali harakatlanishda variantlar yo'q va raqibning tayanch hududi to'ldirilmadi. Pastdagi suratga nazar tashlang. Bunday vaziyatda hujumga o'tish juda qiyin, xatto Xames va Kroos bilan ham.

Yana 5ga 1 va raqib tayanch zonasida "Real" futbolchisi yo'q.

Bu issiqlik kartasida "Real" raqib tayanch zonasida umuman o'ynamaganini ko'rishimiz mumkin.

Bu g'alaba PSJni CHempionlar ligasining favoritlaridan biriga aylantiradimi?

Yo'q, biz PSJ haqida hech narsa bila olmadik.

Tuxelning qanotlarni ishlatib, ikki "buzuvchilar"dan foydalanishi yaxshi foyda keltirdi. PSJning doimiy o'yin uslubi ham yordam berdi. Ustunlik va g'alaba - adolatli natija.

Ammo Kavani-Neymar-Mbappe uchligi o'ynagan bahslarda hammasi boshqacha bo'ladi. Boshqa qarorlar qabul qilinadi. PSJning transferlarini maqtash mumkin - u erda hammasi to'g'ri amalga oshirilgan, Tuxel kerakli futbolchilarni qo'lga kiritdi. "Jamoada Geye bo'lishi uchun ko'p kurashdim. U haqiqiy mashina. Geye hech qachon to'xtab qolmaydi va to'pni olib qo'yishdan charchamaydi" - dedi Tomas.

Jamoa evromuvaffaqiyatlarga yaqinlashib oldi. Ammo bu o'yingacha malum edi. Tuxel CHLdagi g'alaba haqida savol bersa, matbuot-anjumanini tark etish bilan tahdid qilgandi.

BestMaster
23 Sentabr 2019, 14:45
tuxel, realning, muammolarini, ochib, tashladi, zidan, jamoasi, jabhada, kuchsiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads