Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. Beyl dublga erishdi, ammo «Real» ochko yo'qotdi

Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida «Vilyarreal» o'z uyida «Real»ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida «Vilyarreal» o'z uyida «Real»ni qabul qildi.

Uchrashuv Zidan shogirdlari uchun omadsiz boshlandi. Ramosning xatosidan keyin mezbonlar qarshi hujumga o'tib ketishdi va Jerar Moreno Kurtua qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi. Hakam videoyordamchi hakam bilan maslahatlashib, golni inobatga oldi — ofsayd yo'q.

Madridliklar shundan so'ng to'pni o'z nazoratlariga olib, vaqti-vaqti bilan hujum tashkil qilishdi, ammo ularning urinishlari u qadam omadli chiqmadi. Faqatgina birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda "Qirollik klubi" futbolchilari chiroyli kombinatsiya tashkil qilishdi va Beyl bir metrdan bo'sh qolgan darvozaga to'pni burib qo'ydi.

"Real" ikkinchi bo'limni faolroq boshlab, g'alaba to'pini kiritish payida bo'ldi. Bahsning 60-daqiqasida Benzema yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi. 2 daqiqa davom etgan VAR bilan maslahatlashuv natijasida gol bekor qilindi. Sabab — Benzema biroz ofsaydda qolgan edi.

O'yin tugashiga 15 daqiqa qolganida "Vilyarreal" kutilmaganda gol urib qo'ydi. Moyses Gomes darvozaning bo'sh qolgan qismiga to'pni joyladi.

O'yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganida Garet Beyl individual mahorati evaziga raqib darvozasining yaqin burchagini ishg'ol qilib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Beyl ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. U keyingi turda maydonga tusha olmaydi.

Mavsumni g'alaba bilan boshlagan "Real", ketma-ket ikkita o'yinda durang qayd etdi. Jamoa     5 ochko bilan jadvalda 5-o'rinni egallab turibdi.

Ispaniya La ligasi, 3-tur
Vilyarreal – Real Madrid 2:2 (1:1)
Gollar: 1:0 – 12 Jerar Moreno, 1:1 – 45 Beyl, 2:1 – 74 Moyses Gomes, 2:2 – 86 Beyl.
Vilyarreal – Fernandes, Mario Gaspar, Albiol, Kintilya, Pau Torres, Chukvueze (Ontiveros, 55), Moyses Gomes, Iborra, Kasorla (Bakka, 73), Jerar Moreno, Toko-Ekambi (Zambo-Angissa, 62).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Mendi, Varan, Vaskes (Vinisius Junior, 74), Kazemiro, Kroos (Valverde, 82), Beyl, Benzema, Yovich (Modrich, 68).
Ogohlantirishlar: Kintilya (52), Mendi (77), Kazemiro (90), Beyl (90+2).
Chetlatish: Beyl (90+4).

BestMaster
2 Sentabr 2019, 02:30
liga, beyl, dublga, erishdi, ammo, «real», ochko, yoqotdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
davlatbek
 davlatbek  
hech qisi yo'q
2 Sentabr 2019, 09:21
 magnifico  
Bowawmaymiz OLG'A REAL
2 Sentabr 2019, 10:51
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads