Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. Guruh bosqichi qur'asi haqida barcha ma'lumotlar

Evropa chempionlar ligasida saralashning pley-off bosqichi o'yinlari yakunlandi va guruh bosqichida ishtirok etadigan jamoalar nomi aniq bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasida saralashning pley-off bosqichi o'yinlari yakunlandi va guruh bosqichida ishtirok etadigan jamoalar nomi aniq bo'ldi. Bugun musobaqaning guruh bosqichiga qur'a tashlanadi. Marosim haqida foydali ma'lumotlar bilan tanishtirib o'tamiz.

Qachon va qaerda?
EChL-2019/2020 guruh bosqichi qur'asi 29 avgust kuni Monakodagi Grimaldi Forum zalida bo'lib o'tadi. U Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Qur'a tashlash marosimi FUTBOL TV, MATCh-TV, MATCh FUTBOL-1 va EUROSPORT-1 telekanallari orqali jonli translyatsiya qilinadi.

Qaysi jamolar ishtirok etadi?
Ispaniya: "Barselona", "Real", "Atletiko", "Valensiya"
Angliya: "Liverpul", "Chelsi", "Manchester Siti", "Tottenxem"
Italiya: "Yuventus", "Napoli", "Inter", "Atalanta"
Germaniya: "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "Bayer", "RB Leyptsig"
Frantsiya: "Pari Sen-Jermen", "Lill", "Lion"
Rossiya: "Zenit", "Lokomotiv"
Portugaliya: "Benfika"
Ukraina: "Shaxtyor"
Belgiya: "Bryugge", "Genk"
Turtsiya: "Galatasaroy"
Avstriya: "Zaltsburg"
Gretsiya: "Olimpiakos"
Chexiya: "Slaviya"
Gollandiya: "Ayaks"
Xorvatiya: "Dinamo" Zagreb
Serbiya: "Tsrvena Zvezda"

Savatchalar tarkibi:

Birinchi savatcha:

"Liverpul" (Angliya, amaldagi chempion)
"Chelsi" (Angliya, Evropa ligasi g'olibi)
"Barselona" (Ispaniya)
"Manchester Siti" (Angliya)
"Yuventus" (Italiya)
"Bavariya" (Germaniya)
"Pari Sen-Jermen" (Frantsiya)
"Zenit" (Rossiya)

Ikkinchi savatcha:

146,000 "Real" (Ispaniya)
127,000 "Atletiko" (Ispaniya)
85,000 "Borussiya" Dortmund (Germaniya)
80,000 "Napoli" (Italiya)
80,000 "Shaxter" (Ukraina)
78,000 "Tottenxem" (Angliya)
70,500 "Ayaks" (Gollandiya)
68,000 "Benfika" (Portugaliya)

Uchinchi savatcha:

61,500 "Lion" (Frantsiya)
61,000 "Bayer" (Germaniya)
54,500 "Zaltsburg" (Avstriya)
44,000 "Olimpiakos" (Gretsiya)
39,500 "Bryugge" (Belgiya)
37,000 "Valensiya" (Ispaniya)
31,000 "Inter" (Italiya)
29,500 "Dinamo" Zagreb (Xorvatiya)

To'rtinchi savatcha:

28,500 "Lokomotiv" (Rossiya)
25,000 "Genk" (Belgiya)
22,500 "Galatasaray" (Turkiya)
22,000 "RB Leyptsig" (Germaniya)
21,500 "Slaviya" (Chexiya)
16,750 "Tsrvena Zvezda" (Serbiya)
14,945 "Atalanta" (Italiya)
11,699 "Lill" (Frantsiya)

Qur'a tartibi haqida
— Yangi formatga ko'ra, 26ta jamoa to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lsa, qolgan 6ta o'rin egalari saralash bosqichi orqali aniqlandi.

— 1-savatchadan EChLning amaldagi g'olibi, Evropa ligasi g'olibi va UEFA reytingida yuqori o'rinni egallagan 6ta mamlakat chempionlari o'rin oldi. Qolgan savatchalar klublarning UEFA koeffitsientlar jadvalidagi o'rni asosida aniqlandi.

— Bitta savatchadan o'rin olgan jamoalar bitta guruhga tushmaydi. Bir mamlakat vakillari guruh bosqichida bir guruhdan o'rin olishmaydi. UEFA ijroqo'mi qaroriga ko'ra Rossiya va Ukraina klublari bir guruhdan joy olishiga yo'l qo'yilmaydi.

— Agar bir mamlakatdan ikki yoki undan ortiq jamoalar ishtirok etayotgan bo'lsa, ular juftliklarga ajratiladi. Masalan, ushbu juftlikning bir jamoasi "A", "B", "C" yoki "D" guruhidan o'rin olsa, uning sherigi "E", "F", "G" yoki "H" guruhlaridan biriga joylashtiriladi. Maqsad — bir jamoa o'z o'yinini seshanba kuni, boshqasi chorshanba kuni o'tkazadi.

UEFA sovrinlari
Qur'a tashlash marosimida quyidagi sovrinlar o'z egalariga topshiriladi:

— 2018/19 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi;
— 2018/19 yilgi mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi;
— EChL-2018/19ning eng yaxshi darvozaboni;
— EChL-2018/19ning eng yaxshi himoyachisi;
— EChL-2018/19ning eng yaxshi yarim himoyachisi;
—  EChL-2018/19ning eng yaxshi hujumchisi;

Mavsum taqvimi

17/18 sentyabr: guruh bosqichi, 1-tur
1/2 oktyabr: guruh bosqichi, 2-tur
22/23 oktyabr: guruh bosqichi, 3-tur
5/6 noyabr: guruh bosqichi, 4-tur
26/27 noyabr: guruh bosqichi, 5-tur
10/11 dekabr: guruh bosqichi, 6-tur

16 dekabr: 1/8 final qur'asi

18/19/25/26 fevral: 1/8 finalning dastlabki o'yinlari
10/11/17/18 mart: 1/8 finalning javob o'yinlari

20 mart: chorak final va yarim final qur'asi

7/8 aprel: chorak finalning dastlabki o'yinlari
14/15 aprel: chorak finalning javob o'yinlari
28/29 aprel: yarim finalning dastlabki o'yinlari
5/6 may: yarim finalning javob o'yinlari

30 may: final - "Otaturk olimpiya stadioni", Istanbul

BestMaster
29 Avgust 2019, 07:00
guruh, bosqichi, qurasi, haqida, barcha, malumotlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
davlatbek
 davlatbek  
bugungi qur'ani ko'ramiz
29 Avgust 2019, 16:16
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads