Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Audi cup. «Tottenxem» «Real»ni mag'lub etib, finalga chiqdi (video)

Germaniyada Audi cup musobaqasining yarim final bosqichi doirasida dastlabki o'yin bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Germaniyada Audi cup musobaqasining yarim final bosqichi doirasida dastlabki o'yin bo'lib o'tdi. Madridning «Real» klubi «Tottenxem»ga imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida hisob ochildi. Harri Keyn darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va Navasni dog'da qoldirdi. Tanaffusga qadar madridliklar ko'proq hujum uyushtirishdi, ammo ular vaziyatlardan foydalana olishmadi. Jumladan, Benzema yaqin masofadan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi.

Ikkinchi bo'limda londonliklar raqibga ko'p hujum qilish imkonini berishmadi. Aksincha, o'zlari 2ta qulay imkoniyat yaratishdi. Keylor Navas har ikkala vaziyatda "Real"ni muqarrar gollardan qutqardi.

Shu tariqa, "Tottenxem" Audi cup finaliga chiqdi. Hal qiluvchi o'yinda "shporlar" "Bavariya" - "Fenerbaxche" juftligi g'olibiga qarshi maydonga chiqadi. "Real" esa ertaga uchinchi o'rin uchun o'yinda ishtirok etadi.

Audi cup, yarim final. 21:00
«REAL» - «TOTTENXEM» – 0:1 (0:1)
Gol: 0:1 – Keyn (22)
«Real»: Navas, Karvaxal (Odriosola, 80), Ramos, Varan (Nacho, 65), Marselo (De La Fuente, 80), Lukas Vaskes (Valverde, 65), Kroos (Vinisius, 64), Modrich (Seonane, 80), Azar (Isko, 80), Benzema (Mariano, 80), Rodrigo (Kubo, 80).
«Tottenxem»: Gassaniga (Loris, 46), Foyt (Tanganga, 46), Alderveyreld (Lukas, 46), Vertongen (Sanches, 46), Rouz (Georgiu, 46), Uinks (Uoker-Piters, 46), Ndombele (Sissoko, 46), Lamela (Alli, 46), Eriksen (Skipp, 46), Son (Nkudu, 66), Keyn (Parrott, 66).

BestMaster
31 Iyul 2019, 00:00
«tottenxem», «real»ni, maglub, etib, finalga, chiqdi, video,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads