Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu «Real Madrid»ni tanqid qildi

.
- Yuklab olish

«Real Madrid»ning yirik hisobdagi mag'lubiyati futbol ommasi tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Bu borada «Real Madrid»ning sobiq futbolchisi Ronaldu ham chetda qolmadi. Italiyaning «Tuttosport» nashri Ronaldu bilan kichik intervyuni tashkil etdi. Bundan tashqari, kechagi uchrashuvning qahramoni Diego Kosta ham «Atletiko Madrid» rasmiy sayti uchun intervyu berdi. Biz esa bu intervyularni sizlarga taqdim etish uchun jamladik.

Diego Kosta

Men bunday yirik hisobdagi g'alabadan juda hursandman. Ayniqsa, bu g'alabaga hissa qo'shganimdan baxtiyorman. To'g'ri, men azaliy raqiblarimiz darvozasiga 5 ta gol kiritganimdan hursandman, lekin unutmaslik lozim, bu o'rtoqlik uchrashuvi edi. Rasmiy uchrashuvlarda hammasi boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. Hozirda «Atletiko Madrid» «Real Madrid» dan ustunroq. Biz yangi mavsumda Madridda kim birinchi raqamli jamoa ekanligini isbotlash uchun bor kuchimizni sarflaymiz.
Chetlatilishim borasida ortiqcha so'zlashning xojati yo'q. Sababi, men qizil kartochka olgan bo'lsamda, maydondagi futbolchilarning soni teng edi. Futbol - bu hissiyot! Ba'zan uni ushlab qolishning iloji yo'q. Shunday ekan, meni bu ishim uchun kechirishlarini so'rab qolaman.

Serhio Ramos

Juda ham yoqimsiz hislar, lekin biz mavsumni endigina boshlayapmiz. Bu o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsada, «Atletiko Madrid» o'yinga boshqacha kayfiyatda tushib keldi. To'g'ri, juda yirik hisobda mag'lub bo'ldik. Buni tan olaman. Eng quvonarlisi biz tanaffusda birinchi bo'limni unutib ikkinchi 45 daqiqalikda g'alaba qozonish uchun harkat qildik va buni uddasidan chiqdik. Shunday bo'lsada, o'zimizni oqlamoqchi emasman. Ko'pchilik bizda motivatsiya qolmagan deb o'ylamoqda. Hech ham bunday emas. O'tgan mavsumdagi omadsizlikdan so'ng hammasini boshidan boshlashga qaror qildik.  Men o'z jamoamga to'liq ishonaman. Agarda zarracha shubham bo'lganida birinchilardan bo'lib «Real Madrid»ni tark etgan bo'lar edim.

Ronaldu

«Real Madrid»ning «Atletiko»ga qarshi o'yinda ko'rsatgan o'yini men ko'rgan eng yomon uchrashuvlardan biri bo'ldi. Siz tasavvur qilyapsizmi? Bir uchrashuvning o'zida 7 ta to'p olib chiqdingiz! Bu «qirollik klubi» darajasidagi jamoa uchun juda hunuk natija! Meni «Real Madrid» safida bo'lgan paytim mavsum oldi o'yinlardagi qoniqarsiz natijamiz uchun keskin tanqid qilishar edi. Ba'zan ko'p gol o'tkazib yuborganimiz uchun bizga bosim uyushtirishar edi. Endilikda har bir jamoa «Real Madrid»ga qarshi alohida tayyorgarlik bilan maydonga tushmoqda. «Qaymoqranglilar» esa, to'p uchun yugurishni ham istashmayapti. Klub rahbarlari va Zidan bu borada chora ko'rishi shart!Aks holda «Real Madrid» avvalgi darajasiga hech qachon chiqa olmaydi.

BestMaster
27 Iyul 2019, 22:30
ronaldu, «real, madrid»ni, tanqid, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 u7777u  
Роналду ни гапига жон бор
27 Iyul 2019, 23:33
 rodrigo  
Yana bitta super transper kerak. Mbappe kerak lekin bu yil kela olmaydi menimsha. bu yil Pogbani olsa kerak real
28 Iyul 2019, 21:10
realhd
 realhd  
Ronaldoning gaplari 100% haqiqat. Shuningdek Ramos ham to'g'ri gapirdi. 2-taymda Real 3:1 hisobida g'alaba qildi
15 Avgust 2019, 21:47
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads