Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid»ning ma'lubiyati haqida Grizman nimalar dedi?

.
- Yuklab olish

Bugungi kuning eng muhim voqeasi sifatida internetni larzaga sologan Madrid derbisi haqida so'nggi ma'lumotlarni taqdim etishda davom etamiz. Taniqli «Fut Bazza» nashri aynan shu o'yindan so'ng futbol olamidagi mashxur insonlarning fikr va mulohazalarini bir joyga jamlab kichik maqola sifatida e'lon qildi. Biz esa, uni sizga ilindik.

Joze Mourino

Buni ajablanarli joyi yo'q. «Real Madrid» himoyada juda yomon o'ynadi. Tartibsiz va ishonchsiz futbol namoyish etdi. «Atletiko» esa, bu uchrashuvga o'ta jiddiy yondoshdi va 7 ta gol kiritmaguncha to'xtamadi. Bilasizmi, bu naijaning sira hayron qoladigan joyi yo'q. Madrid derbisida «Real» shu qadar bo'sh o'ynadiki hatto «Arsenal» ham ularni yirik hisobda mag'lub eta olgan bo'lar edi.

Ernesto Valverde

Men boshqa jamoalarni muhokama qilishdan ko'ra, o'z jamoamga e'tibor berishni avzal ko'rman. Bu o'rtoqlik uchrashuvi edi. Shu uchrashuvni deb ularni kurashdan chiqarib yuborish mumkin emas. Ular bizga yangi mavsumda muommolar tug'dirishga qodir.

Rio Ferdinand

Men uchrashuv davomida «Real Madrid»dek qudratli jamoaga qarshi qo'rqmasdan to'p surgan Joa Felishning o'yiniga qoyil qoldim. U atigi 18 yoshda! U juda yosh bo'lsada, derbi uchrashuvida o'tamiyona klubga qarshi to'p surgandek hotirjam uchrashuvni o'tkazdi. Uning kelajagi porloq. Simione qo'l ostida u super futbolchi bo'lib etishish imkoniga ega. «Real Madrid» jamoasi haqida to'xtovsiz gapirish mumkin. Himoya oldingi mavsumdan ham zaiflashib qolgan. Yangi futbolchilar esa, sira moslashib keta olishmayapti.  Jamoaga vaqt kerak. O'ylashimcha Zidan bu muommolarni bartaraf etishga qodir murabbiy.

Daniel Sebalos

Men bu uchrashuvni zo'rg'a ko'rdim. Yigitlar bu o'yindan hafa bo'lmasligi lozim. Axir bu mavsum oldi uchrashuvlar holos. Jamoaning kuchini o'rtoqlik uchrashuvida emas, rasmiy o'yinlardagina bilib olsa bo'ladi. «Arsenal» ? men bu jamoaning ishqiboziman desam, adashmagan bo'laman. Xose Antonio Rees bilan bir shaxardanmiz. Men uning «Arsenal»dagi o'yinlarini ko'rib katta bo'lganman. Bu klubga o'tishdan avval dadam bilan maslahatlashdim. Ular meni ko'p o'ylamaslikka va qarorni qabul qilishga undadilar. Umid qilmanki, bu klubda Rees singari o'z o'rnimni topa olaman.

Antuan Grizman

Men o'yin natijasini ko'rib biroz hayron qoldim va quvondim. «Real Madrid» singari jamoa ustidan qozonilgan g'alabani tarixiy deb atash mumkin. Sobiq jamoamning g'alabasi meni quvontirdi. «Atletiko» doimmo mening yuragimda qoladi va men bu klubga doimmo omad tilab qolaman.  To'g'risi, Simione bu uchrashuvdan so'ng meni yana bir bor hayron qoldirdi. U bilan aloqalarimiz ustoz shogirt maqomidan ancha balandroq. Biz u bilan bir oila a'zolari singari yaqinmiz. Simione oldida qarzdorman va uni hurmat qilaman. Umid qilamanki, futbol karieramiz yakunlangandan so'ng ham tez – tez uchrashib turamiz. Yangi mavsum oldidan sobiq klubimga omad tilab qolaman.

BestMaster
27 Iyul 2019, 20:00
«real, madrid»ning, malubiyati, haqida, grizman, nimalar, dedi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads