Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

International Champions Cup. «Real» penaltilar seriyasida «Arsenal»ni mag'lub etdi (videosharh)

Xalqaro chempionlar kubogi musobaqasi doirasida "Real" va "Arsenal" klublari to'qnash kelishdi.

.
- Yuklab olish

Xalqaro chempionlar kubogi musobaqasi doirasida "Real" va "Arsenal" klublari to'qnash kelishdi.

Uchrashuvning boshidayoq madridliklar o'ng qanot himoyachisi Nacho ikkita qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va ikkita sariq kartochka oqibatida maydonni tark etdi. Dastlab Lyakazett penaltidan samarali foydalangan bo'lsa, oradan ko'p o'tmasdan Obameyang yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg'ol qildi.

Bo'lim tugamasidan "qovun tushirish" navbati "Arsenal" himoyachisi Papastatopulosga keldi. U ikki daqiqa ichida ikkita "sariq" olib, maydonda son jihatda jamoalarni "tenglashtirib" qo'ydi.

Ikkinchi bo'lim boshida esa Zidan shogirdlari ikkita chiroyli hujum tashkil qilishdi va raqib darvozasini ikki marta ishg'ol qilishdi. Dastlabki golni Beyl, ikkinchisini esa Asensio o'z hisobiga yozdi.

"Arsenal" g'alabani ilib ketishi ham mumkin edi, ammo o'yinning so'nggi daqiqalarida "kanonirlar"ning yosh futbolchisi ikkita qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

Reglamentga ko'ra, durang bilan yakunlangan o'yindan so'ng penaltilar seriyasi amalga oshirildi. O'yin so'ngida asosan yosh futbolchilar bilan maydonda qolgan londonliklar "lotereya"da imkoniyatni boy berishdi.

International Champions Cup.
Real Madrid Ispaniya – Arsenal Angliya 2:2 (0:2, 2:0, 0:0, 0:0), penalti seriyasi - 3:2
Gollar: 0:1 – 10, penalti Lyakazett, 0:2 – 24 Obameyang, 1:2 – 56 Beyl, 2:2 – 59 Asensio.
Real Madrid – Navas (Kurtua, 46), Nacho, Ramos (Adri, 65), Karvaxal (Odriosola, 46), Mendi (Marselo, 46), Vaskes (Isko, 46), Kroos (Fidalgo, 65), Modrich (Seoane, 65), Azar (Beyl, 46), Benzema (Asensio, 46; Vinisius Junior, 65), Yovich (Varan, 16).
Arsenal – Martines, Chembers, Papastatopulos, Kolashinats, Jenkinson, O'zil (Saka, 74), Mxitaryan (Nelson, 75), Jaka, Uillok (Monreal, 46), Obameyang (Burton, 75), Lyakazett (Nketia, 74).
Ogohlantirishlar: Nacho (5), Karvaxal (26), Papastatopulos (38).
Chetlatishlar: Nacho (9), Papastatopulos (40).

BestMaster
24 Iyul 2019, 07:00
international, champions, «real», penaltilar, seriyasida, «arsenal»ni, maglub, etdi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 rabo  
Qovunlar
24 Iyul 2019, 09:36
ihlas
 ihlas  
MALADES
24 Iyul 2019, 10:40
ihlas
 ihlas  
EXTRA TIME BOLGANDA REAL YUTARDI
24 Iyul 2019, 11:49
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads