Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

International Champions Cup. «Bavariya» «Real»ni taslim etdi (videosharh)

Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Bavariya» va «Real» klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Bavariya» va «Real» klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi. Ancha qiziqarli va golli vaziyatlarga boy bo'lgan o'yinda Niko Kovach shogirdlarining qo'li baland keldi.

Uchrashuv davomida Zidan jamoasi ham ko'plab vaziyatlarni yaratishdi, ammo ular vaziyatlardan foydalana olishmadi. Myunxenliklar esa yaratilgan vaziyatlardan samarali foydalanib, raqibni mag'lub etishdi.

Birinchi bo'limda Tolisso "Bavariya"ning chiroyli kombinatsiyasini gol bilan yakunlagan bo'lsa, ikkinchi bo'lim o'rtalarida ular "Real" darvozasini ikki marta ishg'ol qilib, amalda o'yin taqdirini hal qilib qo'yishdi.

O'yinning 81-daqiqasida "Bavariya" futbolchisi Ulrayx maydondan chetlatilgan bo'lsa, oradan 3 daqiqa o'tib madridliklarning yangi futbolchisi Rodrigo jarimadan darvozani ishg'ol qildi.

International Champions Cup
Bavariya Germaniya – Real Madrid Ispaniya 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 15 Tolisso, 2:0 – 67 Levandovski, 3:0 – 69 Gnabri, 3:1 – 84 Rodrigo.
Bavariya – Noyer (Ulrayx, 46), Kimmix, Alaba (Tsayzer, 73; Xoffmann, 83), Boateng, Tolisso (Singx, 72), Martines (Zyule, 46), Sanshesh (Pavar, 46), Alkantara (Gorettska, 59), Koman (Devis, 59), Myuller (Levandovski, 46), Arp (Gnabri, 46).
Real Madrid – Kurtua (Navas, 46), Varan (Adri, 46), Ramos (Nacho, 46), Marselo (Mendi, 46), Karvaxal (Xavi, 46), Modrich (Seoane, 46), Isko (Rodrigo, 46), Asensio (Vaskes, 46), Kroos (Kubo, 46), Azar (Vinisius Junior, 46), Benzema (Yovich, 46).
Ogohlantirishlar: Kimmix (51), Gorettska (90).
Chetlatish: Ulrayx (81).

BestMaster
21 Iyul 2019, 12:00
international, champions, «bavariya», «real»ni, taslim, etdi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 realitismylife  
Vinisiusni kotiga tikip otiramakan.
21 Iyul 2019, 12:45
 realitismylife  
Be zemani tysurip nimabor Yovic borga
21 Iyul 2019, 12:46
 realitismylife  
Hamesci
21 Iyul 2019, 12:46
 mirja  
Salom yigitla xormela men yangiman
21 Iyul 2019, 21:43
 rabo  
Salom MIRJA xush kebdan
22 Iyul 2019, 02:02
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads