Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Yangi Bekxem» «yangi Ronaldino»lar yoxud «Tottenxem»ning eng omasdiz 7ta transferi

E'tiboringizga hech narsa olib kelmagan “shporlar”ning “shov shuvli” trasferlarini taqdim etamiz.

.
- Yuklab olish

Daniel Levining muvaffaqiyatsizliklari

Ishoning, “Tottenxem”ning rahbari bahsli odam. Bazan muxlislar unga ajoyib transferlar uchun minnatdorchiliklar bildirishadi (Kevin Vimmer 18 million evroga ”Stok Siti”ga sotdi). Ammo teskarisi ham bo'lib turadi. Masalan, “shporlar” murabbiyi Mauritsio Pochettinoga transferlar uchun deyarli mablag' ajratmaydi.

E'tiboringizga  foyda bermagan “shporlar”ning “shov shuvli” trasferlarini taqdim etamiz.

Elder Poshtiga

“Portu” safidan 2003 yil “Tottenxem”ga ko'chib o'tadi. O'sha vaqtda portugaliyalik futbolchi uchun bir qator grand jamoalar qiziqayotgan edi. Futbolchi “Tottenxem”ga o'tgani katta muvaffaqiyatga o'xshardi.

“U bizga hujumda katta yordam beradi. U allaqachon o'z iste'dodini namoyon qilgan yosh futbolchi”,- degandi futbolchining tanishtiruv marosimida Glenn Xoddl.

“Umid qilaman, muxlislar uning o'yinlaridan bir necha mavsum rohatlanadi”.

Afsuski, Elder Poshtiga londonliklar safida bor yo'g'i bir mavsum o'ynadi. U 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va vataniga qaytib ketdi.

Roberto Soldado

Roberto Soldado 2013 yil 26 mln. funt evaziga “shporlar” safiga kelib qo'shildi. Soldado haqli ravishda muxlislar e'tiborini tortgandi. Sababi u La Ligada “Valensiya” tarkibida 109ta o'yinda 59ta gol urishga erishgandi.

Hammasi yaxshi boshlangandi. Robertoning penaltidan urgan goli “Tottenxem”ga “Kristal Pelas” ustidan g'alaba olib kelgandi. Ammo, undan so'ng u gol urishni “esidan chiqarib” qo'ydi.

Soldadonining faoliyatini bir daqiqa bilan eslash mumkin: “Fiorentina”ga qarshi o'yinda unda gol urishga 100 foizlik imkoniyat bor edi. U gol urishi yoki Shadliga pas berishi mumkin edi. Uning o'rniga futbolchi to'pni raqib darvozaboniga topshirib qo'ygandi.

Lekin keling optimist bo'laylik. Soldado va Adebayorlarning omadsizliklari Pochettinoni Xarri Keynga ishonch bildirishiga majbur qildi.

Paulino

Paulinoning ajoyib faoliyati uchun qarsak cholsangiz arziydi.  U barchasini  Litvaning “Vilnyuse” klubida boshladi, u erdan Polshaning “Lodz” klubiga o'tdi, keyin yana Braziliyaga qaytdi va terma jamoadan taklif oldi. U “Korintians” safida 3 mavsumni o'tkazdi, Ltbertadores Kubogini yutgach, yana Evropaga qaytdi va “Tottenxem” bilan shartnoma imzoladi.

Konfederatsiyalar Kubogida Paulino musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi va kelajagi porloq yulduzlar safidan joy olgandi. Ammo braziliyalik iqtidor egasi hatto “Tottenxem”da ham o'ynab keta olmadi.

Londondan ketgach, u Xitoyda o'ynadi va mo'maygina pul ishlab oldi. Shuningdek, u “Barselona”da ham o'ynashga ulgurdi. Ajoyib-a.

Devid Bentli

So'nggi yillarda “shporlar” transferlarga kam mablag' ajratishmoqda. Ammo 2008 yilda bunday bo'lmagan. Jamoa o'shanda 11nafar futbolchini qo'yib yuborgan va 8ta yangi futbolchi sotib olgandi. Shu yilgina Xuand Ramosning yodidan chiqmasligi mumkin.

Yangi futbolchilar orasida eng qimmati (17 million evro) “yangi Bekxem” deya nom olgan “Arsenal” tarbiyalanuvchisi Devid Bentli edi. Jamoa undan ko'p narsa kutgandi.

Ammo, mo'jiza sodir bo'lmadi. U shunchaki kundalik xazillar bilan esda qoldi. Masalan, u Garri Rednappga bir chelak suv quyvorgandi.

Jovani dos Santos

Yana 2008 yil. Iste'dodli futbolchi, “Barselona”  tarbiyalanuvchisi dos Santosa “Tottenxem”ga 4,7 mln. funtga ko'chib o'tdi. Bu “yangi Ronalduno” uchun anchagina kam. Ha aytagncha, u vaqtda uni “yangi Ronaldino” deb atashardi. Aslida, biz yangi Ronaldino desa Leo Messini tushunamiz, ammo hozir gap La Masiyaning eng yaxshi bitiruvchisi haqida ketyapti.

Shunday bo'lsada, Levi bunday futbolchini arzimagan pulga sotib olganini tahlil qilishi kerak edi. Natijada Jovani dos Santos  bir yonib o'chgan yulduzlardan bo'lib chiqdi. U londonliklar safida 16ta o'yinda maydonga tushgan va birorta gol ura olmagan.

Darren Bent

Daniel Levi haqida har narsa deyishingiz mumkin, ammo uni isrofchi deya olmaysiz.Lekin, “shporlar” tarkibida Dimitar Berbatov, Robbi Kin vaJermeyn Defo kabi hujumchilar bo'la turib, 16 million Darren Bentni sotib olinishi juda g'alati ko'rinardi.

To'g'ri, u vaqtda Bent bilan ko'plab jamoalar shartnoma imzolashni xohlagan. Ikki yil ichida u 31ta gol urgan va terma jamoa safida ham harakat qilishga ulgurgan. Ammo u ham “shporlar” o'yin uslubiga mos kelmagan.

U Berbatov kabi aqlli emas, Kin bilan o'ynab ketolmas va Defo singari tirishqoq emas edi.

2009 yilda u jamoaning eng yaxshi hujumchilaridan biri edi. Ammo u murabbiyning ishonchiga kira olmadi. “Portsmun”ga qarshi bahsda Bent qulay imkoniyatdan foydalana olmaganda, Rednapp uni “hatto bunday vaziyatdan uning xotini ham gol urgan bo'lardi”, deb mashara qilgan edi.

Sergey Rebrov

Bu transfer Levi davridan oldin sodir bo'lgan bo'lsa-da, muxlislar haligacha jamoa oddiy bo'lishiga qaramay Evropaning eng havfli hujumchilaridan biri kelib qo'shilgandi deb eslashadi.

To'g'ri, hozir transfer bozorida 11 million funt hech narsama, ammo o'sha davrda bu jiddiy pul edi. Klubni to'g'ri tushunish mumkin edi: Andrey Shevchenkoning jamoadoshini  ham iste'dodli deb o'ylashagan. 

Ammo, Rebrov ham murabbiylar ishonchini oqlay olmadi. Futbolchi 4 mavusm “shporlar” safida 59ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi. So'ngra yana u “Dinamo Kiev”ga qaytib ketdi.

Jaloliddin QOBILJONOV tayyorladi

BestMaster
15 Iyul 2019, 11:00
«yangi, bekxem», «yangi, ronaldino»lar, yoxud, «tottenxem»ning, omasdiz, transferi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
ihlas
 ihlas  
bizlar buni nima kilamz
15 Iyul 2019, 12:41
 rabo  
Yoqmadi Nina keragi bir buni
15 Iyul 2019, 14:52
ihlas
 ihlas  
men okimadim ham
15 Iyul 2019, 15:16
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads