Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xames «Atletiko»ga o'tishni istamoqda

«Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges «Altetiko»ga o'tishi mumkin.

.
- Yuklab olish

«Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges «Altetiko»ga o'tishi mumkin. Bu haqda ilk marta Kolumbiyaning Gol Caracol nashri xabar tarqatgan bo'lsa, Ispaniyaning AS nashri bu xabarni tasdiqladi.

Kolumbiyalik futbolchi faoliyatini «Atletiko»da davom ettirishni istamoqda. Shu bois, u «Napoli» bilan muzokaralarni to'xtatdi. Madridliklar ham yarim himoyachining xizmatiga qiziqish bildirishmoqda.

Xamesning transferi ko'p jihatdan Antuan Grizmanning «Barselona»ga o'tishiga bog'liq bo'lib turibdi. Kataloniyaliklar «Atletiko»ga pul o'tkazishlari bilan, "matraschilar" bu pulni Xamesning transferi uchun sarflamoqchi.

Eslatib o'tamiz, Xames so'nggi ikki mavsumni ijara asosida «Bavariya»da o'tkazdi. O'tgan mavsumda futbolchi Bundesliga doirasida 20ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.

BestMaster
7 Iyul 2019, 23:00
xames, «atletiko»ga, otishni, istamoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads