Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ning mavsumga tayyorgarlikni qachon boshlashi aniq bo'ldi

Zayniddin Zidan boshchiligidagi «Real Madrid» 8 iyul sanasidan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

.
- Yuklab olish

Zayniddin Zidan boshchiligidagi «Real Madrid» 8 iyul sanasidan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Ammo xalqaro musobaqa — Amerika kubogi va 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Evropa chempionati tufayli ayrim futbolchilar yig'inga kechroq qo'shilashadi.

Jamoaning yangi xaridlari — Luka Yovich, Ferlan Mendi va Eden Azar "Qirollik klubi" safidagi dastlabki mashg'ulotda ishtirok etishga tayyorlar. Klub dastlabki xorij yig'inini 9 iyul kuni Kanadaning Monreal shahrida boshlaydi.

10 kunlik o'quv-mashg'ulot yig'inidan keyin jamoa AQShga yo'l oladi. "Qirollik klubi" u erda Xalqaro chempionlar kubogi doirasida 3ta uchrashuv o'tkazadi: «Bavariya», «Arsenal» va «Atletiko»ga qarshi.

Shuningdek, «Real Madrid» Myunxen shahrida o'tkaziladigan Audi Cup musobaqasida ishtirok etadi. Jamoa yarim finalda «Tottenxem» bilan to'qnash kelsa, oradan 1 kun o'tib Zidan shogirdlarini final yoki 3-o'rin uchun o'yin kutib turibdi.

"Qaymoqranglilar" 1 avgust kuni Madridga qaytib, mavsumning boshlanishiga tayyorgarlikni davom ettirishadi. Yangi mavsumga qadar klub yana bitta o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirgan.

Shuningdek, «Real Madrid» Myunxen shahrida o'tkaziladigan Audi Cup musobaqasida ishtirok etadi. Jamoa yarim finalda «Tottenxem» bilan to'qnash kelsa, oradan 1 kun o'tib Zidan shogirdlarini final yoki 3-o'rin uchun o'yin kutib turibdi.

An'anaviy Santyago Bernabeu sovrini uchun o'tkaziladigan o'yin sanasiga hali oydinlik kiritilmadi. Boisi, stadionda ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

«Real»ning mavsumoldi o'yinlari ro'yxati:

12 iyul — Monrealda o'quv-mashg'ulot yig'ini;
21 iyul — «Bavariya»ga qarshi o'yin (Xyuston);
24 iyul — «Arsenal»ga qarshi o'yin (Merilend);
27 iyul — «Atletiko»ga qarshi o'yin (Nyu-Jersi);
30 iyul — «Tottenxem»ga qarshi o'yin (Audio Cup, Myunxen);
31 iyul — final yoki 3-o'rin uchun o'yin (Audio Cup, Myunxen);

BestMaster
4 Iyul 2019, 12:30
«real»ning, mavsumga, tayyorgarlikni, qachon, boshlashi, aniq, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 real9  
Bu mavsum Real yengi tarkib bilan boshqacha o'yin ko'rsatsa kere.
4 Iyul 2019, 19:00
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads