Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Messi: «Ronaldu bilan raqobat har ikkimizga naf beryapti»

«Barselona» etakchisi Lionel Messi klubda qolishga moyil, ammo muzokara jarayoni ancha cho'zilib ketdi.

.
- Yuklab olish

Tushunarliki, «Barselona» etakchisi Lionel Messi klubda qolishga moyil. Ammo o'rtadagi shartnomani uzaytirish masalasida olib borilgan bu safargi muzokara jarayoni ancha cho'zilib ketdi.

Matbuotda tomonlar nihoyat, kelishib olishgani va bitimga shu oy oxiriga qadar imzo chekishlari xususida xabar berilgan bo'lsada, Argentina terma jamoasining 29 yoshli umidi Tencent nashri muxbirlari bilan suhbat chog'i bu borada aniq gapirishni istamadi.

- Avvalo, yana o'sha mavzu - Messi - Ronaldu raqobatiga to'xtalsangiz...

- Yo'q, yo'q, Krishtianu Ronalduga futboldagi asosiy raqib sifatida qaramayman. Aksincha, uning o'yini, ishga munosabati va harakat-intilishlari menga o'zgacha ilhom bag'ishlaydi. Shu tariqa yangi-yangi natijalar sari intilaveraman. O'ylaymanki, shaxsiy ko'rsatkichlarim va o'yinlardagi ishtirokim bilan o'z navbatida, Ronalduning rekordlarni yangilashga majbur etmoqdaman. Shu ma'noda aytsam, o'rtamizdagi raqobat har ikkimizga naf beryapti.

- Ronalduga raqib sifatida qaramasligingizni aytyapsizu, yana raqobat iborasini ishlatyapsiz...

- Fakt shundan iboratki, ikkimiz ham o'z klubimizga maksimal darajada naf keltirish harakatidamiz, qolgani ikkinchi masala. Xususan, ekspertlar, jurnalistlar yoki oddiy muxlislarning munosabatlari o'z yo'liga. Ochiq tan olaman, Krishtianu - fenomenal ijrochi, buni butun dunyo biladi. O'ylaymanki, u sayyoramizdagi eng sara futbolchilar qatoridan joy olishga mutlaqo haqli.

- Endi o'zingiz va «Barselona» xususida gaplashsak. Yakuniga etgan mavsumga qanday baho berasiz?

- Har safar yangi mavsumga start berilar ekan, uning avvalgisidan yaxshiroq o'tishini xohlaymiz va shunga harakat qilamiz. Boshqacha aytganda, maydonga muayyan maqsad-vazifalarni bajarish uchun tushamiz. «Barsa» oldidagi vazifalar esa hammaga ma'lum - g'alaba va yana g'alaba. Xullas, jamoamiz har mavsum imkon qadar ko'proq sovrin yutishi va ChLda kamida finalga chiqishi kerak. Ha, oxirgi mavsumda bu vazifa uddasidan chiqolmadik. Na Ispaniya chempionati va na ChLda g'alaba qozongan ekanmiz, mavsumga yaxshi baho berish mumkinmi? To'g'ri, jamoamiz mamlakat kubogi sohibiga aylandi. Umid qilamanki, keyingi mavsumda ko'proq sovrin yutamiz.

- Ispaniya OAVda xabar berilishicha, «Barselona» bilan tuzgan shartnomangizni 2021 yilga qadar uzaytirishga rozisiz, ammo muzokara jarayoni juda cho'zilib ketdi...

- Bu borada ochiq gapirganim ma'qul: tabiatan avvalo, bugungi kun haqida o'ylayman. Futbolda menga eng yoqadigani - g'alaba. Ammo xuddi hayotda bo'lgani kabi futbolda ham kelajakda nimalar ro'y berishini aytish mushkul. Shunday ekan, bo'lajak voqealar haqida fol ochishdan ma'no yo'q. Albatta, mudom «Barselona»da o'ynashni istaganman va shunday bo'lib qoladi. Aytish mumkinki, bu men uchun o'zgarmas orzu.

 

 

BestMaster
1 Iyul 2017, 11:20
messi, «ronaldu, bilan, raqobat, ikkimizga, beryapti»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
Nosirov
 Nosirov  
Bu 2 fudbolchi dunyoda tengsz.
1 Iyul 2017, 15:53
 kiriw  
fudbol tahtiga davogar ikki qirol !
1 Iyul 2017, 17:52
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads