Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Azar haqida «Barselona» futbolchilari qanday fikrda?

«Real Madrid» klubi uzoq davom etgan Eden Azar trasnferini deyarli yakunladi.

.
- Yuklab olish

«Real Madrid» klubi uzoq davom etgan Eden Azar trasnferini deyarli yakunladi. Futbolchi «Chelsi» muxlislari bilan xayrlashdi va Madridga etib keldi.

“Uning «Real Madrid» o'yinchisiga aylanishi klub o'yinini kuchaytira oladimi?”, — degan savol bilan «Barselona» futbolchilariga OAV tinimsiz savol bermoqda. Bugun ayni shu savolga berilgan javoblardan tashkil topgan intervyularni e'tiboringizga taqdim etamiz.

Luis Suares
"Azarning «Real Madrid»ga kelishi bu futbol olamidagi katta yangilik. Men Edenni hurmat qilaman. U kuchli futbolchi. O'ylashimcha, u «Real Madrid»ga asqotadi, shu o'rinda «Qirollik klubi» ham unga qo'l keladi. Axir uning orzusi hozirgina amalga oshdi".

Ernesto Valverde
"Azarning «Real Madrid»ga o'tishi bizni sergaklantirishi darkor. Biz o'tgan mavsumdagi omadsizliklarni bir chetga surib, o'zimizni biroz o'zgartirishimiz kerak. Yangicha uslubda, yangicha ko'rinishda, eng muhimi kuchliroq bo'lib o'z maqsadlarimizga intilmoqchimiz. Keyingi mavsum haqida so'z borar ekan, shuni aytishim mumkinki, biz hozirda faqat EChLda g'alaba qozonish borasida bosh qotiryapmiz. Azarning kelishi bizni chalg'itmayapti, vaholanki uning kelishi yakunlangan mavsumda klubdagi bo'shliqlarni to'ldirishini bilsakda".

Lionel Messi
"Edenning «Real Madrid»ga o'tishi ular uchun ajoyib yangilik. U iqtidorli futbolchi va o'z maqsadlari sari intiluvchan yigit. O'z orzusidagi klubga o'tganining o'ziyoq uning naqadar mehnatkash ekanligidan dalolat beradi. Yangi mavsumda biz ulardan ehtiyot bo'lishimiz kerak. Shu jumladan ular ham bizdan hayiqib turishlari hech kimga sir emas. Yakunlangan mavsumdagi omadsizliklar ular uchun katta g'alabalar oldidan tramplin vazifasini o'tab berdi. Ularda tarkibni kuchaytirib olish uchun butun boshli yoz mavsumi bor. Biz esa, o'zimizning muammolarimiz  haqida bosh qotirganimiz ma'qul".

Ivan Rakitich
«Real Madrid» yozgi transferlar oldidan ko'plab mish-mishlarga sabab bo'lgan bo'lsada, amalda deyarli katta xaridlardan birortasini amalga oshirganicha yo'q. Edenning klubga kelishi borasidagi mish-mishlar paydo bo'lganiga 2 yil bo'lmoqda. Shu sababli, uni bu mavsumdagi amalga oshmagan mish-mishlar safiga qo'shmoqchi emasman. Umid qilamanki, «qirollik klubi» uni o'z tarkibiga qo'shib olganiga afsuslanmaydi. Hozirda «Real»ga etishmayotgan saviyali hujumchi muammosini u bartaraf eta olishiga ishonchim komil. To'g'risi, uning kelishidan «Barselona» muxlislari ham xursand. Endi «el-klassiko» yanada qizg'in ruhda o'tadi va muxlislar teng kuchli raqiblar o'rtasidagi bahsni tomosha qilishlari mumkin.

BestMaster
8 Iyun 2019, 19:00
haqida, «barselona», futbolchilari, qanday, fikrda?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 atamurat  
1 mavsumda 15 gol urolmaydi
9 Iyun 2019, 12:30
 crjunior  
Azar boss gazzi Real Kingni sharmanda qilma
9 Iyun 2019, 14:51
 n-e-y-m-a-r  
ha yaxshi bir mavsumda nechta gol urarkan 10 - 13 ta fikrimcha
11 Iyun 2019, 16:39
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads