Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Juda og'ir qaror» – Azar «Chelsi»dan ketishi haqida Facebook’da g'amgin xat yozdi

“Chelsi”dan “Real”ga o'tgan belgiyalik futbolchi Eden Azar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida taasurotlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

“Chelsi”dan “Real”ga o'tgan belgiyalik futbolchi Eden Azar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida taasurotlari bilan o'rtoqlashdi. Xatning o'zbekcha versiyasi Worldnews axborot agentligi tomonidan e'lon qilindi.

“Men “Real”ga o'tganim haqida endi aniq bildingiz. Sir emas, men bu klubda bolaligimdan o'ynashni orzu qilganman. So'nggi 6 oydagi mish-mishlar va bosimlarga engilmaslik uchun bor kuchim bilan harakat qildim. Bu kunlardan o'tish men uchun qiyin bo'ldi.

Endi klublar o'zaro kelishib olishdi. Umid qilaman, muxlislar meni orzuimga erishishdagi tanlagan yo'lim haqida yomon fikrda emaslar. “Chelsi”dan ketish faoliyatimdagi eng yomon va eng qiyin qaror bo'ldi desam adashmagan bo'laman. Rasman aytmoqchiman hozir “Chelsi”da o'tkazgan vaqtlarimdan rohat olganman va hech qachon boshqa klubga o'tish haqida o'ylamaganman.

Men “Chelsi”ga 21 yoshda keldim va Londonda ham yigit ham futbolchi sifatida o'sishga erishdim. Sizlar meni Belgiya sardori bo'lishimda yordam berdinglar. Albatta, qiyin vaqtlar bo'ldi: klub va umuman men uchun. Chunki bu – futbol.

Men uchun futbol bu to'pning oyoqlarimga bo'ysunishi va undan rohat olish demakdir. Murabbiylar o'rgatishgan shunchaki futbol o'yna va rohatlan. Hatto yomon o'ynagan kunlarimizda ham bor kuchim sizlarning ishonchingizni oqlashga harakat qilganman.

Jangovarlik ruhi, asablar va engilmaslik uchun kurashishning barchasini “Chelsi”da o'rgandim. “Chelsi” libosida mag'lubiyatdan ko'ra ko'proq g'alabali onlarni eslayman. Ko'p marta omadim kelgan. Yutgan sovrinlarimizni aniq hisoblay olmayman. Shunchaki aytishim mumkin har bir sovrin va shaxsiy sovrin bu ajoyib vaqtda sodir bo'ldi.

Ba'zan stol atrofida qadax ko'tarib, “Pelas”ga qarshi o'yinda amalga oshira olmagan penaltini eslab kulib qo'yaman yoki “Tottenxem”, “Arsenal”, “Liverpul”ga urgan gollarimni esga olaman.

“Chelsi”da kuchli futbolchilar jamlangan edi. BizAngliya kubogi, Liga kubogi, Evropa ligasi kuboni va APLning bosh sovrinlarini bir oila bo'lib qo'lga kiritdik. Ularning bari o'zgachaligi bilan yodda saqlanadi va albatta ikki hafta oldin Bokudagi so'nggi o'yinim jahon chempionatidan keyingi og'ir mavsumni yakunlab berdi. Bu men uchun muhim har doim muhim bo'lib qoladi.

Ketishdan oldin “Chelsi” futbol klubiga eng katta minnatdorlikni bildiraman. Men shuningdek, mister Abramovich va uning mening birdaniga ikki orzuim: “Chelsi” va bugungi kunda “Real” futbolchiga aylanganimni qo'llab quvvatlagani uchun rahmat aytaman”, deya yozdi Azar.

Ma'lumot o'rnida, “Real” 28 yoshli xavbek bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi. Azarning taqdimot marosimi 13 iyun kuni “Santyago Bernabeu” stadionida bo'lib o'tadi. Eden yangi jamoasida 7-raqamli libosda o'ynaydi. Avvalroq, “Chelsi” Azar transferini “Real”ga 130 mln funtga sotishi taxmin qilinayotgan edi.

Eslatib o'tamiz, Azar “Chelsi”da 7 mavsum o'ynadi. Ushbu vaqt davomida u ikki marta Angliya chempioni, mamlakat kubogi va Angliya liga kubogini qo'lga kiritdi. Shuningdek, Eden Azar “Chelsi” futbolchisi sifatida ikki marta Evropa ligasida g'olib chiqdi.

BestMaster
8 Iyun 2019, 11:30
«juda, ogir, qaror», azar, «chelsi»dan, ketishi, haqida, facebook’da, gamgin, yozdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 evropans  
Malades Eden zor ýozipdi
8 Iyun 2019, 13:03
 sherxon  
azar o`tgan kunlarni eslama oldinga olg`a
8 Iyun 2019, 13:14
 crjunior  
Og'ir albatta Chelsea uchun Edenni ketgani. Xuddi bizdan Ronaldu ketganidek
9 Iyun 2019, 14:53
 crjunior  
Madridliklar o'tmishni kup o'ylamanglar kelajak sari olg'a
9 Iyun 2019, 14:54
 rennbo  
Azar endi chelsida utgazgan damlaringni tush deb uyla. Faqqat oldinga olga. Kelajag bugundan boshlanadi utmish u barbir utmish unda hechnimani uzgartirolmaysan.
9 Iyun 2019, 22:14
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads