Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Chelsi» va «Real» Azarning narxi borasida kelishuvga erishishdi

«Chelsi» va «Real» klublari yarim himoyachi Eden Azarning transferi borasida o'zaro kelishuvga erishishdi.

.
- Yuklab olish

«Chelsi» va «Real» klublari yarim himoyachi Eden Azarning transferi borasida o'zaro kelishuvga erishishdi. Londonliklar belgiyalik futbolchini 115 mln funt sterling (taxminan 130 mln evro) narxga sotishga rozi bo'lishdi.

Avvalroq "Chelsi" Azarni 150 mln. evrodan kamiga sotmasligini ma'lum qilgandi. Muzokaralardan so'ng esa "ko'klar" rahbariyati narxni kamaytirishga rozi bo'ldi.

«Qirollik klubi» esa Azarga 4 yillik shartnoma va 400 ming funt sterling haftalik maosh taklif qildi. Futbolchining o'zi esa transfer 4 iyunga qadar amalga oshirilishini istamoqda.

Azarning «Chelsi» bilan shartnomasi 2020 yilning 30 iyun kuni nihoyasiga etadi. Belgiyalik futbolchi 2012 yildan beri londonliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Eden ushbu mavsumda jami 51ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol urdi va 16ta golga uzatma berdi.

Eslatib o'tamiz, «Chelsi» 2020 yilning yanvar oyiga qadar yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqlangan.

BestMaster
29 May 2019, 15:00
«chelsi», «real», azarning, narxi, borasida, kelishuvga, erishishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 regilyon  
demak o'tarkanda va nihoyat
29 May 2019, 16:27
venesius
 venesius  
Azar deyarli realda
29 May 2019, 20:07
 atamurat  
Nega azar Neymar emas
29 May 2019, 21:34
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads