Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan mavsumni yomon o'tkazgan 3 ta shogirdining nomini aytdi

.
- Yuklab olish

Darhaqiqat, bu mavsumda «Real Madrid»ning ishlari umuman yurishmadi va klub o'z muxlislarini ranjitdi. Yakunlangan mavsumni sarhisob qilish vaqti bo'ldi desak, adashamagan bo'lamiz. Bugun e'tiboringizga mavsum yakunida Zidan tomonidan eng ko'p tanqidga uchragan futbolchilar va Zidanning ular to'g'risdagi fikri bilan tanishib chiqamiz.

Marselo

To'g'ri, bu mavsumni juda bo'sh o'tkazdi. Tan olaman, bu Marselo men ko'rganlarim ichidagi eng kuchsizi va layoqatsizi. Shunday bo'lsada, hayot to'xtab qolmaydi va u davom etadi. Agarda biz uni qo'yib yuboradigan bo'lsak, «Real Madrid»da muammolar paydo bo'lishi mumkin. Endilikda, uning dietasi va o'z ustida ishlashi borasida to'liq boshqaruvni o'z qo'limga olaman va dangasalik kasaliga uchragan Marseloni katta futbolga qaytarishga urunib ko'raman.

Darhaqiqat, Maarselo bu mavsumni juda bo'sh o'tkazgani etmaganidek, Regilonga asosiy tarkibdagi o'rnini ham boy berib qo'ydi, hisob. Shunday bo'lsada, murabbiy unga ishonishda davom etmoqdami, demak, biz ham voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Isko

Men uning Solari bilan janjallashib qolganidan xabarim  bor edi. Uning bu ishi o'zining kelajakdagi rejalarini o'zgartirib yuborganini Isko endi tushunmoqda. Hozir uning klubda qolish, yoki ketishi haqidagi savollar tobora ko'payib bormoqda. Agarda Isko o'zini yig'ishtirib olib, avvalgidek katta kuch bilan mashg'ulotlarda ishlasagina uning «Real Madrid» uchun foydasi tegishi mumkin. Aks xolda, biz u haqida boshqa klublar tomonidan berilgan istalgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyormiz!
 

Bu mavsumda Ispaniyalik futbolchi qariyib 6 kilogaramm ortiqcha vazn bilan mavsumni tugatgani kishini hayratda qoldiradi. Solarining uni asosiy tarkibdan chetlatgani futbolchini ruhiy zarbaga uchratdi va u mavsum so'ngigacha o'ziga kela olmadi. «Real Madrid» katta ehtimol bilan Iskoni yozda sotib yuboradiganga o'xshab bormoqda!

Garret Beyl

Ko'ramiz,  Beyl qolarmikan. Agarda men boshqa bir futbolchini maydonga tashlaganimda, nega unday? nega bunday? degan savollar paydo bo'laverishi tabiiy. Man yana aytaman. Agarda, mening o'yin uslubimga qaysidir futbolchi mos kelamasa, yoki o'sha futbolchi o'z ustida ishlashdan to'xtab qolsa, mening jamoamda unga joy yo'q! Bunday so'zlarni hazm qilish juda og'ir, ayniqsa, bu klubdan ko'plab sovrinlarni yutgan bo'lsang. Agarda menda 4 ta o'yinchini almashtirish imkoni bo'lgani taqdirda ham, men Beylni maydonga tushirmagan bo'lar edim U «qirollik klubi»saviyasida futbol namoyish etmayapti va o'z ustida ishalshdan batamom to'xtagan!

Bu futbolchiga avvalgi maqolalarda ham to'xtalganimiz uchun ortiqcha ta'rif berib o'tirishni lozim topmadik. Beyl o'zining so'ngi intervyularidan birida «3 yil golf o'ynagan taqdirimda ham men boshqa klubga o'tmayman», deya ochiqchasiga bayonot berdi va oxirigacha kurashmoqchi ekanligini hammaga yana bir bor anglatib qo'ydi.

BestMaster
24 May 2019, 23:01
zidan, mavsumni, yomon, otkazgan, shogirdining, nomini, aytdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 6
venesius
 venesius  
Menga uchchalasi ham 6z pozitsiyasida tengsiz, bularni oyni pasayiwiga lopotige va solari aybdor
25 May 2019, 10:59
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Topa tog'ri
26 May 2019, 13:11
shoxcr7real
 shoxcr7real  
BeyL UZ USTIDA IWLASA TEGsiz BoLA AGAR AZAR KELSA ISCO IKKALASI YAXWI TANDEM BOLADI
26 May 2019, 13:13
shoxcr7real
 shoxcr7real  
MARsELO ASOSIY HAR DOIM
26 May 2019, 13:14
 crish7  
Agar ular o'z ustida ishlasa dunyoda tengsiz
28 May 2019, 20:36
Mehmon
Marcelo tengsiz uni sotsa unaka futbolchi yoq isco yangi mavsumdan oz ustida ishlashi kerak. Beyl ketsa. Uning pasiziyasiga kim bor realda beyl darajada oynaydikan ???!!!
4 Iyun 2019, 09:32
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads