Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ning yozgi o'yinlari ro'yxati aniq bo'ldi

"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoasining yozgi o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tadigan joyini o'zgartirishga qaror qildi.

.
- Yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoasining yozgi o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tadigan joyini o'zgartirishga qaror qildi. Yangi rejaga ko'ra, "Madrid" dastlabki yig'inni AQShda emas, Kanadaning Monreal shahrida o'tkazadi.

"Qirollik klubi" 2016 yilning yozida aynan ushbu shaharda tayyorgarlikni boshlab, mavsum so'ngida Ispaniya chempionligi va Evropa chempionlar ligasini qo'lga kiritgan edi. Frantsiyalik mutaxassis Monrealning ob-havosi tayyorgarlik uchun a'lo darajada deb hisoblamoqda.

"Real" 2017 yilgi yozgi tayyorgarlikni AQShning Los-Anjeles shahrida boshlagan edi. O'shanda klub EChLda g'olib chiqqan bo'lsa-da, La ligada muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.

Klub Madriddagi o'z bazasida yig'iladi, u erda 3-4 kunlik mashg'ulotdan keyin futbolchilar Kanada yo'l olishadi. Jamoa 8 kun davomida Monrealda shug'ullanib, so'ngra AQShga yo'l oladi. "Qirollik klubi" u erda 3ta nazorat uchrashuvini o'tkazadi: «Bavariya», «Arsenal» va «Atletiko»ga qarshi.

Shuningdek, «Real Madrid» Myunxen shahrida o'tkaziladigan Audi Cup musobaqasida ishtirok etadi. Jamoa yarim finalda «Tottenxem» bilan to'qnash kelsa, oradan 1 kun o'tib Zidan shogirdlarini final yoki 3-o'rin uchun o'yin kutib turibdi.

"Qaymoqranglilar" 1 avgust kuni Madridga qaytib, mavsumning boshlanishiga tayyorgarlikni davom ettirishadi. Yangi mavsumga qadar klub yana bitta o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirgan.

«Real»ning mavsumoldi o'yinlari ro'yxati:

12 iyul — Monrealda o'quv-mashg'ulot yig'ini;
21 iyul — «Bavariya»ga qarshi o'yin (Xyuston);
24 iyul — «Arsenal»ga qarshi o'yin (Merilend);
27 iyul — «Atletiko»ga qarshi o'yin (Nyu-Jersi);
30 iyul — «Tottenxem»ga qarshi o'yin (Audio Cup, Myunxen);
31 iyul — final yoki 3-o'rin uchun o'yin (Audio Cup, Myunxen);
1 avgust — Madridga qaytish

BestMaster
24 May 2019, 12:10
«real»ning, yozgi, oyinlari, royxati, aniq, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
venesius
 venesius  
Olga real
25 May 2019, 10:52
 lissabon  
biz sanga ishonamiz olg'a real
28 May 2019, 16:03
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads