Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ning real vazifasi

«Real» rahbariyati «Santyago Bernabeu» arenasi rekonstruktsiyasi uchun 575 mln. evro ajratadi, lekin bu klubning transferlar masalasidagi ishlariga aslo ta'sir o'tkazmaydi. 

.
- Yuklab olish

«Real» rahbariyati «Santyago Bernabeu» arenasi rekonstruktsiyasi uchun 575 mln. evro ajratadi, lekin bu klubning transferlar masalasidagi ishlariga aslo ta'sir o'tkazmaydi. Top darajadagi yangi futbolchilar hisobiga jamoa tarkibini qayta shakllantirish - bu bosh murabbiy Zayniddin Zidan oldida turgan asosiy vazifa. Frantsiyalik mutaxassis shunday talab bilan qaytishga ko'ngan va endi Florentino Peres murabbiyga bergan va'dasini bajarishi kerak...

Alohida aytish kerak, «Madrid» transferlar bozori ochilishidan oldin chamasi 100 mln. evro sarflashga ulgurdi. Ya'ni markaziy himoyachi Militao va istiqboli baland braziliyalik vinger Rodrigoning «Santyago Bernabeu»ga ko'chib o'tishlari aniq. Klubning yozgi savdolar start olguniga qadar yana 1-2ta transferni rasmiylashtirishi ehtimoli katta. Deylik, Sky Sports nashri ma'lumotlariga ko'ra, «Real» rahbariyati «Ayntraxt» hujumchisi Luka Yovich transferini hal qilib qo'ydi. Qo'shimcha ma'lumot: madridliklar serbiyalik yosh goleador uchun nemis klubiga 60 - 70 mln. evro to'lashadi. Darvoqe, umumiy summaning 30 foizi «Benfika»ga nasib etadi. Shuningdek, «Real» Eden Azar transferini 29 maygacha bir yoqli qiladi. Lekin bular hammasi emas... To'g'ri, yozgi bozor byudjeti xususida ma'lumot yo'q (ko'pchilikning fikricha, Peresning aynan qancha ajratishi klubdan ketadigan futbolchilar sotuvidan tushadigan summaga bog'liq). Lekin bu borada taxminlar bor, albatta. Xususan, Frantsiyaning Le10Sport nashrida yozilishicha, Zidan tarkibni kuchaytirish uchun 450 mln. evro oladi. The Mirror esa byudjet biroz balandroq ekanligini ta'kidlamoqda - 500 mln. evro. «Real»ga eng yaqin media - Marca gazetasining o'tgan yil oxirida Zidanga 300 mln. evro ajratilishi haqida yozganini ham eslatish o'rinli.

«REAL»NING yozgi vazifalari

Markaziy himoyachi

Militao («Portu») - 50 mln. evro

Chap qanot himoyachisi

Mendi («Lion») - 50 mln. evro

Markaziy yarim himoyachi

Pogba («MYu») - 200 mln. evro

yoki

Eriksen («Tottenxem») - 150-200 mln. evro

yoki

Van de Beek («Ayaks») - 60 mln. evro

Hujumchilar

Rodrigo («Santos») - 45 mln. evro

Yovich («Ayntraxt») - 60-70 mln. evro

Azar («Chelsi») - 100 mln. evro

BestMaster
22 May 2019, 10:10
«real»ning, real, vazifasi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 Eldorbek_1995  
Bollar ronaldu realga qaytyapdikan uzim uqidim shu haqda malumotlariz bomi
22 May 2019, 10:43
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Qatda Uqidiz Real fcdamasmi
22 May 2019, 22:41
venesius
 venesius  
Wu faqat wu saytdagilarni 6qidim men ham, lekin endi ronaldu realga umuman qaytmaydi
23 May 2019, 06:14
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads