Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Hakim Ziyosh top-klubga o'tishga yaqin turibdi

Transfer oynasi ochilishi yaqinlashgan sari mish-mishlar ko'payganidan ko'payib bormoqda.

.
- Yuklab olish

Transfer oynasi ochilishi yaqinlashgan sari mish-mishlar ko'payganidan ko'payib bormoqda. Bugun biz ishonchli manbalarga tayangan holda eng so'nggi ma'lumotlar bilan ulashamiz.

Garet Beyl «Real Madrid» bilan o'chakishishda davom etmoqda!
«Betis» klubi bilan bo'lgan uchrashuvdan so'ng Zidan va Beyl o'rtasida gap qochganidan xabaringiz bo'lsa kerak. Zidan uni ochiqchasiga tanqid qildi va uning kelajakdagi rejalarida unga joy yo'qligini e'lon qildi. Beyl esa bunga javoban agar klubdan ketadigan bo'lsa, 51 million evro tovon puli to'lashlarini talab qilmoqda! Vaziyat ancha jiddiylashgan. Garet Beyl bilan intervyu uyushtirgan Fernando Burges uning so'zlarini o'z blogida e'lon qildi. Unda quyidagilar yozilgan edi: «Meni klub bilan tuzgan 3 yillik shartnomam bor. Unga ko'ra, har mavsumda 17 million maosh olishim kerak! Agar meni ketishimni istashsa, marhamat! Agar maydonga tushishimga yo'l qo'yishmasa, men 3 yil vaqtimni Madridda golf o'ynab o'tkazishim mumkin».
Vaziyat ancha jiddiy va murosasiz ko'rnish olmoqda!


Killian Mbappe ketish haqida o'ylamoqda
Frantsiyalik futbolchi mavsum so'ngida «Liga 1»ning eng yaxshi yosh o'yinchisi sovrinini qo'lga kiritdi va jurnalistlar uchun intervyu berdi.

"To'g'ri, bu mavsumda bir nechta biz kutmagan voqealar sodir bo'ldi, biroq futbol shunisi bilan tomoshabop bo'lsa, ajab emas. Biz bu mavsumda ichki chempionatda zafar quchishni uddasidan chiqdik. Men yana bir bor jamoadoshlarimni va murabbiylar shtabini bu yutuq bilan tabriklayman. Hozir mening kareramdagi muhim pallalardan biri. Balki burilish desam to'g'riroq bo'ladi. Men bu klubda ko'p narsa o'rgandim va o'tgan vaqtimga sira achinmayman, biroq endi ko'proq mas'uliyatni bo'ynimga oladigan vaqt keldi. Umid qilamanki, bu klub «PSJ» bo'ladi. Agar shunday bo'lsa, men jonu dilim bila mas'uliyatni o'z bo'ynimga olishga tayyorman. Balki, bu «PSJ» bo'lmas? Yana kim biladi deysiz? Men keragidan ortiq gapirib yuborishni istamayman. Meni eshitmoqchi bo'lganlar so'zlarimga tushundi degan fikrdaman!", — deb yozadi «Goal» nashri.

Hakim Ziyosh top-klublardan biriga o'tishga yaqin
«Ayaks» klubining bu mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan marokashlik futbolchi yozda top-klublardan biriga o'tishi aniq bo'lib bormoqda. «Ayaks» klubi rahbarlaridan biri Mark Overmarsning aytishicha, unga hozirda «Barselona» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi esa, «Arsenal» tarkibiga borib qo'shilish niyatida ekanligini yashirib o'tirmayapti”, - deb yozmoqda «Goal» nashri.

BestMaster
21 May 2019, 20:30
hakim, ziyosh, top-klubga, otishga, yaqin, turibdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 zedan  
Beyl yaxshi bola bo'lib zedanning aytganlarini qil.
21 May 2019, 21:15
shoxcr7real
 shoxcr7real  
YanGILIKKA GAP YO
21 May 2019, 22:46
shoxcr7real
 shoxcr7real  
BeyL KETADI BU ANIQ
21 May 2019, 22:47
shoxcr7real
 shoxcr7real  
MBAPE ESA REALGA KELIWNI XOXLAYAPTI BU GAPLARIDAN MALUM
21 May 2019, 22:47
shoxcr7real
 shoxcr7real  
ZiYEW REALGA KELMAS EKANMI
21 May 2019, 22:48
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads