Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» va Beyl o'rtasidagi muammo ancha jiddiy tus olmoqda

«Real» kecha Ispaniya chepmionatining so'nggi turi doirasida «Bernabeu»da «Betis»ga imkoniyatni boy berdi (0:2).

.
- Yuklab olish

«Real» kecha Ispaniya chepmionatining so'nggi turi doirasida «Bernabeu»da «Betis»ga imkoniyatni boy berdi (0:2).

Mazkur o'yin yakunlanganidan keyin «Madrid» futbolchilari maydonga chiqib, muxlislarga minnatdorchilik bildirishdi. Uchrashuvni zaxirada o'tirib kuzatgan Beyl esa o'yin yakunlanishi bilan tezda kiyinish xonasiga yo'l oldi. Natijada u qolgan futbolchilar bilan ishqibozlarga minnatdorchilik bildirish uchun maydonga chiqmadi.

Ronaldu klubni tark etganidan keyin u etakchi bo'lishi taxmin qilingan edi. Ammo bunday bo'lib chiqmadi. Uelslik futbolchi Lopetegi paytida jarohat olgunga qadar doimiy ravishda boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi. Shuningdek, Solari boshqaruvida Beyl o'z hisobiga 10ta gol yozdi. Hattoki u Zidan boshqaruvidagi dastlabki o'yinda gol urdi. Ammo mavsumning so'nggi qismida muammolarga duch keldi.

Garet so'nggi 3ta o'yinda maydonga tushmadi: «Vilyarreal» va «Sosedad»ga qarshi o'yinlarda qaydnomaga kiritilmagan bo'lsa, «Betis»ga qarshi uchrashuvda zaxirada qoldi. Kechagi bahsning 52-daqiqasida murabbiylar shtabi zaxiradagi futbolchilardan chigalyozdi mashg'ulotini o'tashni so'radi. Ammo Beyl o'z joyidan qimirlamadi. Har qanday holatda ham u maydonga tushmasligini bilar edi.

Ko'pchilik mavsum so'ngida britaniyalik futbolchi "Qirollik klubi"ni tark etishini kutmoqda. Ammo bu ish osonlik bilan ro'y bermaydi. Jurnalist Fernando Burgos tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchi o'yindan keyin qattiq xafa bo'lgan va kiyinish xonasida: «Shartnomam yakunlanishiga hali 3 yil bor. Agar ular mening ketishimni istasa, har bir mavsum uchun 17 million evro to'lashi kerak. Aks holda men klubda qolaman. Futbol o'ynamasdan, faqat golf o'ynashimga to'g'ri kelsa, men u ishni qilishga tayyorman», — deya ta'kidlagan Beyl.

"Real"ni kelasi mavsumda jiddiy o'zgarishlar kutmoqda. Jumladan, jamoa 200 million evroga o'yinchi sotib, 300 million evroga yangi futbolchilar sotib olmoqchi. Barcha rejalar amalga oshsa, Zidan keyingi mavsumda barcha sovrinlar uchun kurash olib bormoqchi.

BestMaster
20 May 2019, 12:00
«real», beyl, ortasidagi, muammo, ancha, jiddiy, olmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads