Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Audi Cup-2019da ishtirok etadigan jamoalar aniq bo'ldi

Yozgi mavsumlar oralig'ida Audi Cup musobaqasi yubiley — 10-marta o'tkaziladi.

.
- Yuklab olish

Yozgi mavsumlar oralig'ida Audi Cup musobaqasi yubiley — 10-marta o'tkaziladi. Ushbu musobaqa ilk marta 2009 yilda Audi kontsernining 100 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgandi.

Navbatdagi turnir Myunxendagi «Alyants-Arena» stadionida o'tkaziladi. «Bavariya»dan tashqari, unda Madridning «Real», Londonning «Tottenxem» va Istanbulning «Fenerbaxche» jamoalari ishtirok etishadi. Bu haqda myunxenliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Ikkita yarim final o'yinlari 30 iyul, seshanba kuni o'tkaziladi. Dastlab maydonga «Real Madrid» va «Tottenxem» klublari chiqishadi. Shundan so'ng «Bavariya» va «Fenerbaxche» final yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi. Mag'lub bo'lgan jamoalar 31 iyul kuni 3-o'rin uchun bahs olib borishadi. Yarim finalda g'olib chiqqan jamoalar o'sha kuni finalda to'qnash kelishadi. O'yinlarda durang qayd etilsa, jamoalar darhol penaltilar seriyasida ishtirok etishadi.

O'tgan yili ikki kun davomida stadionga 123000 muxlis tashrif buyurishgandi. Audi Cup-2019 musobaqasining bir kunlik chiptasi narxi 25 evrodan boshlanadi.

BestMaster
30 Aprel 2019, 09:10
cup-2019da, ishtirok, etadigan, jamoalar, aniq, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
realhd
 realhd  
Biz doim Real Madridni q6llaymiz
30 Aprel 2019, 19:23
 halamadrid2  
Sevimli jamoamiz REAL va Boshqa barcha klublarga chin qalbdan har doim omad yor bölsin.
30 Aprel 2019, 20:32
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads