Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
UzAPL.NET- "Angliya Premer-ligasi" Muhlislar sayti

Ispaniya superkubogi-2020da ishtirok etadigan 4 jamoa aniq bo'ldi: «el-klasiko» ehtimoli mavjud

Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi Ispaniya superkubogi musobaqasi formatiga o'zgartirish kiritilganini tasdiqladi.


.
- Yuklab olish

Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi Ispaniya superkubogi musobaqasi formatiga o'zgartirish kiritilganini tasdiqladi.

2020 yildan boshlab turnir "To'rtlar finali" printsipi asosida o'tkaziladi. Unda La liga chempioni va vitse-chempioni, Ispaniya kubogi g'olibi va finalchisi ishtirok etadi.

Agar bir yoki ikki jamoa ham Primera, ham Kubok orqali yo'llanmani qo'lga kiritsa, ularning o'rni La ligada yuqoriroq o'rinni egallagan jamoa bilan to'ldiriladi.

Superkubokning yarim finalida La liga chempioni va Kubok finalchisi hamda Kubok g'olibi va Primerada 2-o'rinni egallagan jamoa (yoki uning o'rnini egallagan klub) o'zaro to'qnash kelishadi.

Superkubok bunday formatda ilk marta 2020 yilning yanvar oyida o'tkaziladi. 8 va 9 yanvar kunlari yarim final, 12 yanvar kuni esa final bahsi o'tkaziladi. Musobaqa Saudiya Arabistonida o'tkazilishi mumkin.

Shu tariqa, yangi formatdagi Superkubokning dastlabkisida quyidagi jamoalar ishtirok etishadi:

«Barselona» (chempion va Ispaniya kubogi finalchisi);
«Valensiya» (Ispaniya kubogi finalchisi);
«Atletiko» va «Real» (Primerada kuchli uchlikka kirgan jamoalar).

Ispaniya superkubogi yarim final juftliklari quyidagicha ko'rinish olishi mumkin:

A) Agar "Valensiya" jamoasi Ispaniya kubogini qo'lga kiritsa:

«Barselona» — «Real Madrid» *
«Valensiya» — «Atletiko» *

Izoh: *Agar La ligada "Atletiko" 2-o'rinni, "Real" 3-o'rinni egallasa, shunday juftlik yuzaga keladi. Aks holda bu jamoalarning o'rni almashadi. "Matraschilar" chempionatning qolgan 3ta o'yinida 1 ochkoni qo'lga kiritsa ham La ligada kumush medalga ega chiqadi.

V) Agar Ispaniya kubogi "Barselona"ga nasib etsa:

«Barselona» — «Valensiya»
«Atletiko» — «Real Madrid» 

BestMaster
29 Aprel 2019, 22:20
ispaniya, superkubogi-2020da, ishtirok, etadigan, jamoa, aniq, boldi, «el-klasiko», ehtimoli, mavjud,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
realhd
 realhd  
Bu bomba transferlaridan so'ng b6ladi,demak kubok bizniki
30 Aprel 2019, 19:15
realhd
 realhd  
Nasib qilsa shunga umid qilamiz
30 Aprel 2019, 19:16
 saydi  
bu shunchaki daxshat
1 May 2019, 07:15
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017