Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidanda omadsizlik! «Real» kutilmaganda mag'lub etildi

Ispaniya chempionatining 35-turidan o'rin olgan "Rayo Valekano" – "Real" uchrashuvi o'z yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 35-turidan o'rin olgan "Rayo Valekano" – "Real" uchrashuvi o'z yakuniga etdi. “Kampo de Valekas” stadionida bo'lib o'tgan bahsda maydon egalarining qo'li baland keldi.

Uchrashuvni mezbonlar faol boshlashdi va taym o'rtalarida o'z maqsadlari erishdilar. 23-daqiqada Adrian Embarba penaltini anqi bajarib jamoasini oldinga olib chiqdi.

Mehmonlar goldan so'ng faollashishmadi va tanaffusga qadar hisob o'zgarmadi. Qaymoqranglilar ikkinchi bo'lim so'nggiga borib raqib darvozasi oldida bosimni yuzaga keltirishdi, biroq bundan samara bo'lmadi.

Shu tariqa, “Rayo” ushbu g'alabadan so'ng ochkolarini 31taga etkazib olgan holda 19-o'ringa ko'tarilib oldi. “Real” esa 65 ochko bilan uchinchi o'rinda qoldi.

La Liga, 35-tur

Rayo Valekano – Real Madrid 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 23, penalti Embarba.

Rayo Valekano – Garsiya, Ba, Galves, Tito, Moreno, Suares (Medran, 77), Agbo, Embarba, Poso (Trexo, 85), Bebe (Garsiya, 78), Gerra.

Real Madrid – Kurtua, Valexo, Varan, Karvaxal, Marselo, Kroos, Lorente, Sebalos (Braim Dias, 61), Modrich (Isko, 74), Beyl, Dias (Vaskes, 82).

Ogohlantirishlar: Valexo (22), Modrich (28), Suares (43), Dias (62), Karvaxal (79), Marselo (86), Agbo (90).

BestMaster
29 Aprel 2019, 01:50
zidanda, omadsizlik!, «real», kutilmaganda, maglub, etildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads