Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» ochko yo'qotdi, «Xetafe» EChLda qatnashadimi? (video)

Ispaniya chempionatining 34-turiga yakun yasaldi. Ushbu turdan so'ng ba'zi e'tiborga molik voqealar kuzatildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 34-turiga yakun yasaldi. Ushbu turdan so'ng ba'zi e'tiborga molik voqealar kuzatildi.

Madridning "Real" klubi ushbu mavsumda haddan tashqari ko'p ochko yo'qotgani bois, amalda chempionlikni qo'ldan boy bergani ancha avval ma'lum bo'lib qolgandi. Ushbu turdan keyin esa Zidan jamoasining chempion bo'lmasligi to'la-to'kis aniq bo'ldi.

Evropa chempionlar ligasi uchun kurash olib borayotgan "Xetafe" o'z maydonida "Real" bilan durang o'ynashga muvaffaq bo'ldi. Jamoalar o'yinni faol o'tkazishdi. Ayniqsa, birinchi bo'limda "Qirollik klubi" 4-5ta vaziyat yaratib, ulardan foydalana olmadi. O'tgan turda "xet-trik" qayd etgan Benzema, bu safar 3ta vaziyatni golga aylantira olmadi. Xususan, Karim ikki marta darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, darvozabonni dog'da qoldira olmadi.

Shu tariqa, "Real" g'alabaga mos o'yin ko'rsatib, safardan bor-yo'g'i 1 ochko bilan qaytdi. Endi "qaymoqranglilar" 2-o'rindagi "Atletiko"dan 6 ochko ortda qolishmoqda.

«Xetafe» esa ochkolar (55) bo'yicha «Sevilya» bilan tenglashib oldi. Biroq o'zaro o'yinlar madridliklar 4-o'rinni egallab turishibdi.

Ispaniya La ligasi, 34-tur
Real Sosedad – Vilyarreal 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 85 Moreno.
Real Sosedad – Ruli, Saldua, Elustondo, Navas (Le Norman, 77), Munos (Teo, 74), Sangali, Merino, Oyarsabal, Pardo (Barrenechea, 72), Xuanmi, Villian Joze.
Vilyarreal – Fernandes, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Funes Mori, Kintilya, Chukvueze (Kaseres, 82), Iborra, Kasorla, Toko-Ekambi (Pedrasa, 72), Fornals, Bakka (Moreno, 46).
Ogohlantirishlar: Navas (24), Funes Mori (42), Toko-Ekambi (68), Iborra (78), Oyarsabal (79).

Xetafe – Real Madrid 0:0 (0:0, 0:0)
Xetafe – Soriya, Suares, Bruno Gonsales, Mikel, Kabrera, Mata (Says, 84), Arambarri, Maksimovich, Olivera (Anxel, 57), Molina, Duro (Portilo, 72).
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Varan, Nacho, Regilon, Valverde (Kroos, 78), Kazemiro, Isko, Braim Dias (Vaskes, 71), Benzema, Beyl (Asensio, 71).
Ogohlantirishlar: Isko (30), Suares (38), Valverde (63), Nacho (82).

BestMaster
26 Aprel 2019, 06:10
liga, «real», ochko, yoqotdi, «xetafe», echlda, qatnashadimi?, video,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads