Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kimlar grandlar e'tiborida turibdi?

.
- Yuklab olish


Futbolchilar doimo kuchli klublarda o'ynashni orzu qilishadi va shu maqsad sari intilishadi. Bu tabiiy hol. Kim ham o'z iqtidorini katta arenalarda namoish etishni xohlamaydi deysiz? Bugun ana shunday iqtidor egalari haqida so'z boradi.

Torgen Azar

Bir necha yillardan beri akasi Edenning soyasida qolib ketayotgan Torgen Azar «Bundesliga»da o'z o'rnini topib ketdi. «Borussiya Myunhengladbeh»  klubi safiga borib qo'shilganida uning yoshi 20 dan o'tgan, mashhur akasining nomidan foydalanadigan futbolchidek ko'ringan edi, biroq hammasi boshqacha bo'lib chiqdi. Futbolchi ketma-ket ajoyib mavsumlarni o'tkazib jamoasining etakchisiga aylanib ulgurdi. O'tgan mavsumda futbolchi har bir uchrashuvda o'rtacha 3 ta o'tkir pasni ijro etgan bo'lsa, bu mavsumda  ko'rsatgichni 3,7 ta ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. Boz ustiga bu mavsumda qahramonimiz 20 tadan ko'proq gol urishni ham uddasidan chiqqan. Bu uning o'sib borayotganidan dalolat. 26 yoshlik futbolchining bu mavsumda ko'rsatayotgan o'yinlari ko'plab grandlar e'tiborini tortmqoda. Ayniqsa, Klopp futbolchi bilan jiddiy qizib qolgan. «Bundesliga» futbolchilarini klubda ko'rishni hush ko'ruvchi murabbiy keyingi mavsumda Belgiyalik futbolchini tarkibiga qo'shib olmoqchi. Hozirda Torgenning transfer summasi taxminan 30 million evroni tashkil etmoqda. Bu esa grand klublarni  yanada qiziqtirib qo'yishi aniq.

Nikola Pepe

«Lill» klubi iqtidorlarni kashf etish borasida maqtana oladiganlar sirasiga kiradi. Eden Azar va Jerviniodek futbolchilarni etkazib bergan klub hozirda «Liga 1» da ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Ayniqsa Pepening o'yinlari muxlislarga zavq ulashayotganini alohida qayd etish lozim. Hujumning istalgan pozitsiyasida harakat qila oladigan universal futbolchi  APL grandlari e'tiborida turibdi. Tezkor, kurashlardan qochmaydigan hujumchi bu mavsumda 23 yoshga to'lishini inobatga olsak, uning navbatdagi klubi grandlardardan biri bo'lishi kutilmoqda. Hozirda unga «Arsenal» jiddiy qiziqsh bildirmoqda. «Konanirlar» hujumchi uchun 40 milliondan voz kechishga tayyor ekanligini e'lon qilishdi. «Lill» esa futbolchisini qimmatroq sotish niyatida. Ko'ramiz voqealar rivoji qanday yakun topar ekan?

Filip Max

«Augsburg» klubi qanot himoyachisi kuchsiz klubda ham o'zini ko'rsatishi mumkinligini hammaga isbotlab qo'ydi. O'tgan mavsumda «Bavariya» va «Borussiya Dortmund» klublari taklifini rad etgan futbolchi bu mavsumni fantastic darajada o'tkazmoqda. Bu mavsum uning hisobida 2 ta gol va 15 ta assist bor ekanligi so'zimizga yaqqol isbot bo'la oladi. Elitada jon saqlash uchun kurash olib boradigan klub futbolchisi har uchrashuvda 3 ta o'tkir pas berishiga ishonish qiyin. Hozirda futbolchining taxminiy qiymati 20 million evroni tashkil etmoqda. Ammo futbolchi uchun asosiy davogar «Manchester Yunayted»uni qo'lga kiritish uchun bundanda ko'proq bera oladi. Sulsher uni Eshli Yangning o'rinbosari sifatida ko'rayotgani transferning hademay amalga oshishi bilan tugasa, ajab emas.

Sebastyan Alle

Gollandiyaning «Utrext» klubida 98 ta uchrashuvda maydonga tushib, 60 gol urgan futbolchini o'tgan mavsumda harid qilgan «Frankfurt» klubi uning transferidan yaxshigina pul ishlab olishi mumkin. «Bundesliga» bahslarida foydali ish koyfissienti Levandovskiynikidan ham baland bo'lgan futbolchining sovchilari ko'payib bormoqda. Yovich, Rebich, Sebastyan Alle uchligi hozirda nafaqat Germaniya, balki butun Evropani o'ziga qaratishga muvaffaq bo'ldi. Baland bo'yli sovuqqon hujumchini «Everton» va «Arsenal» o'z safida ko'rish maqsadida klub bilan aloqaga chiqqan bo'lsada, hozircha uning ketishi haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Frantsuzning o'zi tezroq top klubga o'tish maqsadida klub taklif qilgan shartnomaga qo'l qo'yishdan bosh tortdi va o'zini sotib yuborishlarini iltimos qildi. U markaziy hujumchi bo'lishiga qaramasdan, yarim himoya va qanotda ham ishonchli o'yin ko'rsata oladi. U o'zining aynan shu hislatlari uchun ham ko'plab grandlarning e'tiborini o'ziga qarata oldi.

BestMaster
23 Aprel 2019, 18:30
kimlar, grandlar, etiborida, turibdi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads