Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» safarda durang o'ynadi

Madridning "Real" klubi ushbu mavsumda 2-o'rin uchun kurashda ham imkoniyatni boy beradigan ko'rinadi.

.
- Yuklab olish

Madridning "Real" klubi ushbu mavsumda 2-o'rin uchun kurashda ham imkoniyatni boy beradigan ko'rinadi. Zidan shogirdlari Ispaniya chempioanatining 32-turi doirasida "Leganes" maydoniga safar uyushtirib, bor-o'g'i 1 ochko bilan qaytishdi.

O'yin davomida to'p nazorati bo'yicha ustunlik "Qirollik klubi" tomonida bo'ldi. Mehmonlar raqib darvozasi tomon bosim uyushtirgan bo'lsalar-da, golga tortadigan vaziyatlarni ko'p yarata olishmadi. Dastlabki 15 daqiqa ichida har ikkala jamoa bittadan juda qulay vaziyatlarni ko'kka sovurdi. "Leganes" esa nomdor jamoa bosimiga dosh berish bilan birgalikda, birinchi bo'lim so'ngida hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'lim boshida Modrichning ajoyib uzatmasidan keyin Benzema yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Uning dastlabki zarbasini posbon qaytargandi. Qaytgan to'pni Karimning o'zi darvozaga joylab qo'ydi.

O'yin so'ngiga qadar "qaymoqranglilar" yana 2-3ta xavfli vaziyat yaratishdi. Ammo "Leganes" darvozaboni Ivan Kuelyar yaxshi harakat qilib, o'z darvozasidan boshqa to'p olib chiqmadi.

Shu tariqa, "Real" endi 2-o'rinda borayotgan "Atletiko"dan 4 ochko ortda qolmoqda.

Ispaniya chempionati, 32-tur
Leganes – Real Madrid 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 45 Silva, 1:1 – 51 Benzema.
Leganes – Kuelyar, Nom, Bustinsa, Omeruo, Siovas, Silva, Eraso (El-Jar, 71), Peres, Mikel Vesga (Resio, 85), Karrilo (En-Nesiri, 65), Breytueyt.
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Varan, Nacho, Marselo, Modrich, Kazemiro, Valverde, Asensio (Beyl, 81), Benzema, Isko (Vaskes, 77).
Ogohlantirishlar: Karvaxal (48), Asensio (61), Valverde (67).

BestMaster
16 Aprel 2019, 06:00
liga, «real», safarda, durang, oynadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
venesius
 venesius  
Endi 2 6rindan ham umid yoq
16 Aprel 2019, 07:31
venesius
 venesius  
Ana xolos
16 Aprel 2019, 07:33
 bexzod  
chiqamiz 2 õringa
16 Aprel 2019, 07:49
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads