Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yozda amalga oshishi kutilayotgan "bomba" transferalar

.
- Yuklab olish

Evropaning grand klublari yozgi transfer oynasi ochilishini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Bugun amalga oshish ehtimoli yuqori bo'lgan transferlarga to'xtalib o'tamiz.

Saul Nigez

«Atletiko Madrid» klubining 24 yoshli futbolchisi Ispaniya terma jamoasining asosiy o'yinchilaridan biri sanaladi. Klubida esa, so'zsiz, etakchilardan biri. Ko'plab top klublar uni anchadan beri kuzatib yurgani hech kimga sir emas. «Matraschilar» uchun almashtirib bo'lmas o'yinchi yo'q ekanligini hisobga olsak, yozda futbolchi yuqoriroq darajadagi klubga o'tishga qarshi emas. Unga hozirda Manchester shahrining ikki jamoasi va «Barselona» asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Futbolchining o'zi esa, katta sovrinlarni qo'lga kiritishni istayotganini o'z intervyularida yashirib o'tirmayapti.

Matteys De Ligt

 

«Golden Boy» sovrini egasi sanaladigan himoyachi bu mavsumda «Ayaks» safida ajoyib uchrashuvlar o'tkazmoqda. Yosh bo'lishiga qaramasdan, sovuqqon futbol namoyish qilayotgan Vunderkindning haridorlari talaygina. Jismonan baquvvat va yosh himoyachini kim ham o'z tarkibida ko'rishni istamaydi deysiz? Klub futbolchi bilan bog'liq har qanday taklifni ko'rib chiqishga tayyor ekanligini e'lon qilgan. Futbolchi uchun Evropaning bir nechta grand klublari kurashib ko'rishadi, ammo asosiy da'vogar «Barselona» va «Yuventus» jamoalaridan biri bo'lishi kutilmoqda. Sababi, ikkala klubda ham markaziy himoyada ancha yoshi katta futbolchilar harakat qilishmoqda. O'z-o'zidan yosh iqtidorli futbolchilarga muxtojlik sezayotgan klub bunday futbolchini qo'ldan chiqarib yubormaslik uchun kurashib ko'rishi aniq.

Felipe Koutino

Ispaniyaga katta umidlar bilan tashrif buyurgan Braziliyalik futbolchi klubga moslasha olmadi. Uning transferidan quvongan muxlislarning ishonchini to'liq oqlay olmagan Koutino hozirda biroz ruhiy tushkun kayfiyatda. «Barselona» rahbariyati uning transfer narhi tushib ketmasidan oldin sotib yuborish maqsadida. Ayni damda futbolchi bilan «Manchester  Yunayted» jiddiy qiziqib qolgan. Futbolchi  muxlislar va jurnalistlar tomonidan bo'layotgan  bosimga ortiq dosh bera olmasligi kundan-kunga aniqlashib bormoqda.

Pol Pogba

«Manchester Yunayted» futbolchisi bir necha kundan beri ko'plab Evropa nashrlarining e'tibor markazida turibdi. Sababi, «Real Madrid» futbolchining agenti bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Pogba o'z klubida baxtiyor ,ammo «Real Madrid»ning takifini hech kim o'ylab o'tirmay rad eta olmasligi aniq. Boz ustiga, shaxsan Zidanning  o'zi uni  jamoasida ko'rmoqchi ekanligi futbolchini yanada ilhomlantirmoqda. Pogba katta ehtimol bilan  «Real Madrid»ning g'alabalariga munosib hissa qo'shgan Modrichning o'rniga harid qilinadi.
Bundan avvalgi maqolalarda Varan, Ikardi, Kante va boshqa futbolchilar haqida ma'lumot berganimiz uchun bu futbolchilarga to'xtalib o'tirmadik.

BestMaster
13 Aprel 2019, 12:20
yozda, amalga, oshishi, kutilayotgan, bomba, transferalar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 delight  
De lightni Real Madrid Serhio Ramosniň orniga sotip olsa boladiku Nacony sotip yubori kerak menimca. Yuventus Ajax oynini korsanyn bilip olasizlar bilmaganlarga tegisli!!@ kimmat bolsa su 75-90 mln evro oralarida bolar De light
13 Aprel 2019, 20:07
venesius
 venesius  
De ligt bizaga kerak nimaga real unga qiziqiw bildirmayapti
13 Aprel 2019, 20:57
venesius
 venesius  
Pogbani ham oylab korsa boladi lekin pogba juda ogir futbolchi bizga asosan tezkor oyinchilar kerak azar va mbappega 6xwagan
13 Aprel 2019, 20:59
realhd
 realhd  
Bizga Hazard va Mbappe,wuningdek,paulo dybala kere
13 Aprel 2019, 23:33
vartolu
 vartolu  
KUZATAMIZ YOZGA HAM OZ QOLYAPTI
14 Aprel 2019, 10:28
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads