Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kapello "Real" Roberto Karlosni qanday sotib olganini gapirib berdi

"Real"ning sobiq ustozi Fabio Kapello jamoa o'sha paytda "Inter" a'zosi hisoblangan Roberto Karlosni qanday sotib olganini gapirib berdi.

.
- Yuklab olish

"Real"ning sobiq ustozi Fabio Kapello jamoa o'sha paytda "Inter" a'zosi hisoblangan Roberto Karlosni qanday sotib olganini gapirib berdi.

«1996 yilda "Real" rahbariyati jamoani boshqarishimni so'radi. Baxtli edim. "Milan"dan "Real"ga o'tdim. Menga agent Jovanni Brankini qo'ng'iroq qildi va „Eshit, Fabio. “Inter» Roberto Karlosni sotmoqchi", dedi. Men esa "Yo'q, bo'lishi mumkin emas", dedim. U: «Mumkin-mumkin. Ular aytishyaptiki, Karlos himoyada yaxshi o'ynay olmayotgan ekan", dedi. Men: «Yo'q, ishonmayman», dedim. Ular Karlosni olti yarim milliardga sotishmoqchi ekan.  

Men baribir ishonmadim. «Gaping rost bo'lsa, menga uning narxi, boshqa jihatlari va imzo qo'yish uchun shartnomani faks qilib jo'nat", dedim. Uch-to'rt soatdan keyin faks keldi. Men "Real" prezidenti Lorenso Sansga qo'ng'iroq qilib, «Eshit, sen ertalabki reys bilan uchishing kerak. Milanga bor va Roberto Karlos bilan shartnoma tuzib qayt", dedim. 

Prezident ertalab soat sakkizda uchib ketdi. Soat 11 da esa Karlos "Real" futbolchisiga aylangandi. Uzoq yillar "Real" uchun mehnat qilgan va uning ajralmas futbolchisiga aylangan Karlosning transferi ana shunday tez muddatda, 24 soatga etmasdan hal bo'lgan", — dedi Kapello.

BestMaster
10 Aprel 2019, 19:00
kapello, real, roberto, karlosni, qanday, sotib, olganini, gapirib, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
venesius
 venesius  
Qoyil
10 Aprel 2019, 19:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads