Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Valensiya» Zidanga dastlabki mag'lubiyatni tortiq etdi

Zayniddin Zidan "Real"ga qaytganidan keyin uning g'alabali o'yinlar seriyasi uzoqqa cho'zilmadi.

.
- Yuklab olish

Zayniddin Zidan "Real"ga qaytganidan keyin uning g'alabali o'yinlar seriyasi uzoqqa cho'zilmadi. «Valensiya» taktik jihatdan «Real»ni to'liq mag'lubiyatga uchratdi.

Ha, madridliklar butun o'yin davomida to'pni nazorat qilishdi, raqib jarima maydoni atrofida bosim uyushtirishga harakat qilishdi, ammo ular rostmana golga tortadigan vaziyat yarata olishmadi. Olis masofadan yo'llangan zarbalar "ko'rshapalaklar" posboni uchun xavfni yuzaga keltirmadi.

«Valensiya» esa tezkor qarshi hujumlar orqali Zidan shogirdlarini ancha qiyin ahvolga solib qo'ydi. Bu qarshi hujumlar to'g'ridan-to'g'ri golga aylanmagan bo'lsa-da, ular orqali qo'lga kiritilgan burchak to'plaridan maydon egalari samarali foydalanishdi. Birinchi bo'limda Gonsalu Gedesh, ikkinchi bo'limning so'ngi qismida esa Garay "Real" darvozasini ishg'ol etishdi.

O'yinga qo'shib berilgan daqiqalardagina "Real" bitta to'shp kiritdi, ammo bu paytda kech bo'lgandi.

Shu tariqa, "Real Madrid" chempionat tugashiga 8ta tur qolganida "Atletiko"dan 5, "Barselona"dan 13 ochko ortda qolmoqda. "Valensiya" o'z ochkolarini 47taga etkazib, EChL yo'llanmasini beradigan 4-o'rin uchun kurashda yaxshi imkoniyat hosil qildi.

Ispaniya chempionati, 30-tur
Atletik – Levante 3:2 (2:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 5 Berchiche, 2:0 – 27, avtogol Fernandes, 2:1 – 51, penalti Marti, 2:2 – 89 Kabako, 3:2 – 90, penalti Muniain.
Atletik – Yago Errerin, Kapa (Ibai Gomes, 72), Yeray Alvares, Martines, Berchiche, San Xose, Benyat (Iturraspe, 79), De Markos, Raul Garsiya (Muniain, 58), Kordoba, Inyaki Uilyams.
Levante – Fernandes, Ruben Vezu (Saymon, 80), Kabako, Postigo, Djeyson, Rober, Rochina (Mayoral, 69), Kampanya, Koke (Luna, 65), Marti, Morales.
Ogohlantirishlar: Morales (4), Raul Garsiya (6), Ruben Vezu (43), Postigo (45), Marti (77), Berchiche (77), Muniain (78), Kabako (85), Saymon (90).
Chetlatish: Kabako (90).

Eybar – Rayo Valekano 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 40 Poso, 1:1 – 64 Sharles, 2:1 – 73 Leon.
Eybar – Dmitrovich, Penya, Paulu Oliveyra, Ramis, Xose Anxel, Orelyana, Alvares (Jordan, 46), Diop (Eskalante, 69), Kardona, Sharles, Kike (Leon, 46).
Rayo Valekano – Dimitrievski, Tito (Gerra, 75), Ba, Amat, Moreno, Suares, Medran (Embarba, 84), Garsiya (Kakuta, 82), Poso, Bebe, de Tomas.
Ogohlantirishlar: Diop (51), Penya (74), Moreno (74), Amat (86).

Ueska – Selta 3:3 (0:1, 3:2)
Gollar: 0:1 – 14 Brais Mendes, 0:2 – 57 Aspas, 1:2 – 63 Galego, 2:2 – 71 Avila, 3:2 – 73 Pulido, 3:3 – 81 Budebuz.
Ueska – Santamariya, Errera (Galego, 58), Echeyta, Mantovani, Pulido, Galan, Rivera, Musto (Ferreyro, 35), Gomes, Avila (Melero, 77), Ernandes.
Selta – Blanko, Malo, Kabral, Xudt, Olasa, Brais Mendes (Budebuz, 20), Lobotka, Yokushlu, Bufal (Xosabed, 90), Aspas (Mor, 82), Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Brais Mendes (18), Pulido (25), Olasa (52), Echeyta (55), Mor (88).

Valensiya – Real Madrid 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 35 Gedesh, 2:0 – 83 Garay, 2:1 – 90 Benzema.
Valensiya – Neto, Vass, Garay, Diakabi, Gayya, Soler (Ferran Torres, 80), Parexo, Kondogbia, Gedesh (Cheriishev, 73), Rodrigo, Gameyro (Santi Mina, 85).
Real Madrid – Navas, Odriosola, Varan, Ramos, Marselo, Modrich, Kazemiro, Kroos (Isko, 64), Vaskes (Dias, 78), Benzema, Asensio (Beyl, 64).
Ogohlantirishlar: Vass (5), Odriosola (64), Parexo (65), Marselo (76).

BestMaster
4 Aprel 2019, 06:30
liga, «valensiya», zidanga, dastlabki, maglubiyatni, tortiq, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
venesius
 venesius  
Baribir bu mavsum chempion bololmasdik
4 Aprel 2019, 19:06
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads