Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

40 nafar g'olib sarkarda yoki EChL tarixidagi eng omadli murabbiylar

Zayniddin Zidan «Real Madrid»ga qaytdi, biroq frantsiyalik mutaxassis evrofutbolning shoh turniri - ChL-2018/2019 o'yinlarini chetdan kuzatishga majbur.

.
- Yuklab olish

Zayniddin Zidan «Real Madrid»ga qaytdi, biroq frantsiyalik mutaxassis evrofutbolning shoh turniri - ChL-2018/2019 o'yinlarini chetdan kuzatishga majbur.

Demakki, buyuk Zizu musobaqaning amaldagi g'olib murabbiyi maqomini himoya qilolmaydi. Lekin u keyingi mavsumdayoq g'alabalar soni bo'yicha  mutlaq rekordchi murabbiy bo'lib olishga urinib ko'rishi mumkin. Quyidagi maqola aynan nufuzli turnir tarixidagi eng omadli mutaxassislar haqida (manba: sokker.ru !!!!!!!).

G'olib murabbiylar ro'yxati

- Shu kunga qadar Evropa Chempionlar kubogiG'Chempionlar Ligasi turniri 63 marta o'tkazilgan bo'lib, ularda jami 40 nafar bosh murabbiy yakuniy g'alabani tantana qilgan. E'tiborli fakt: nufuzli sovrinning ilk sohibi - ispaniyalik Xose Vilyalonga (u dastlabki ikki mavsumda taxtga ko'tarilgan) ham, oxirgi egasi - frantsiyalik Zayniddin Zidan (bilasiz, Zizu «shalpangquloq» kubokni qatorasiga 3 marta qo'lga kiritdi) ham «Real Madrid» boshqaruvida zafar quchgan.  

- Zayniddin Zidan, Karlo Anchelotti va Bob Peysli hisobida 3tadan nufuzli sovrin bor. Xullas, bu borada hozircha mutlaq rekordchi yo'q. Sovrinlar soni bo'yicha etakchilarni bitta holat ajratib turibdi: Zizu 3ta kubokni ham «Real», Peysli esa «Liverpul» bilan yutgan bo'lsa,  Anchelotti avvaliga «Milan»ni ikki bora g'oliblik shohsupasiga ko'targan, keyin «Real»ga uzoq kutilgan «desima» (12-kubok)ni taqdim etgan. Darvoqe, o'sha mavsum (2013G'2014) don Karloga yordam bergan assistentlar orasida Zidan ham bor edi. 

- Zayniddin Zidan va Karlo Anchelotti turnirda ham futbolchi, ham murabbiy rolida g'alaba nashidasini surishgan. Umuman, yana 5 nafar kishi shunday natija bilan maqtanishga haqli: Migel Munos, Jovanni Trapattoni, Yoxan Kroyff, Frank Raykaard va Xosep Gvardiola. 

- Naq 17 nafar murabbiy UEFA bayrog'i ostidagi eng asosiy turnirlardan birida 2 martadan g'alaba qozonishgan, yana 20 nafar mutaxassis hisobida 1tadan kubok bor. Demakki, bir karra va ko'p karra g'oliblar soni teng - 20ga 20. Takroriy g'alabalar soni ham ko'p narsa murabbiylarga bog'liq ekanligini ko'rsatib turibdi.

- Joriy ChLda kurashni davom ettirayotgan 8 nafar bosh murabbiyga qarasak, ulardan birgina Xosep Gvardiola turnirda g'alaba qozonish tajribasiga ega. Hozirda «Manchester Siti»ni kubok sari boshlayotgan kataloniyalik mutaxassis 2009 va 2011 yillarda «Barselona» bilan zafar quchgandi. Xullas, bu mavsum g'olib murabbiylar safi uzayishi ehtimoli katta. Axir 8 nafar da'vogardan 7 nafar hali g'alaba gashtini surgan emas. Bular - Erik ten Xag, Serjio Konseysau, Maurisio Pochettino, Ole-Gunnar Sulsher, Massimiliano Allegri, Ernesto Valverde, Yurgen Klopp. Aytgancha, Klopp va Allegri bungacha 2tadan finalni boy berishgan.

- Hozircha hech qaysi murabbiyga ChKG'ChLda 3ta klub bilan zafar quchish nasib etgani yo'q. 2tadan jamoani g'oliblik marrasiga etaklaganlar esa 5 nafar: Ernst Xappel («Feyenoord» va «Gamburg»), Ottmar Xittsfeld («Borussiya» D. va «Bavariya»), Joze Mourino («Portu» va «Inter»), Yupp Xaynkes («Real» va «Bavariya») hamda Karlo Anchelotti («Milan» va «Real»).

ChK/ChLning barcha g'olib murabbiylari 

G'alabalar

soni

Murabbiy

Klublar (yillar)

3

Bob Peysli

«Liverpul» (1977, 1978, 1981)

3

Karlo Anchelotti

«Milan» (2003, 2007); «Real» (2014)

3

Zayniddin Zidan

«Real» (2016, 2017, 2018)

2

Xose Vilyalonga

«Real» (1956, 1957)

2

Luis Karnilya

«Real» (1958, 1959)

2

Bela Guttmann

«Benfika» (1961, 1962)

2

Elenio Errera

«Inter» (1964, 1965)

2

Migel Munos

«Real» (1960, 1966)

2

Nereo Rokko

«Milan» (1963, 1969)

2

Shtefan Kovach

«Ayaks» (1972, 1973)

2

Dettmar Kramer

«Bavariya» (1975, 1976)

2

Brayan Klaf

«Nottingem Forest» (1979, 1980)

2

Ernst Xappel

«Feyenoord» (1970); «Gamburg» (1983)

2

Arrigo Sakki

«Milan» (1989, 1990)

2

Ottmar Xittsfeld

«Borussiya» D. (1997); «Bavariya» (2001)

2

Visente Del Boske

«Real» (2000, 2002)

2

Aleks Fergyuson

«MYu» (1999, 2008)

2

Joze Mourino

«Portu» (2004); «Inter» (2010)

2

Xosep Gvardiola

«Barselona» (2009, 2011)

2

Yupp Xaynkes

«Real» (1998); «Bavariya» (2013)

1

Jok Steyn

«Seltik» (1967)

1

Mett Basbi

«MYu» (1968)

1

Rinus Mixels

«Ayaks» (1971)

1

Udo Lattek

«Bavariya» (1974)

1

Toni Barton

«Aston Villa» (1982)

1

Jo Fegan

«Liverpul» (1984)

1

Jovanni Trapattoni

«Yuventus» (1985)

1

Emerik Eney

«Styaua» (1986)

1

Artur Jorje

«Portu» (1987)

1

Gus Xiddink

PSV (1988)

1

Lyubko Petrovich

«Tsrvena Zvezda» (1991)

1

Yoxan Kroyff

«Barselona» (1992)

1

Raymon Gutals

«Marsel» (1993)

1

Fabio Kapello

«Milan» (1994)

1

Lui van Gal

«Ayaks» (1995)

1

Marchello Lippi

«Yuventus» (1996)

1

Rafael Benites

«Liverpul» (2005)

1

Frank Raykaard

«Barselona» (2006)

1

Roberto di Matteo

«Chelsi» (2012)

1

Luis Enrike

«Barselona» (2015)

Mamlakatlar bo'yicha reyting

- G'olib ustozlarni fuqaroligiga qarasak, Italiya murabbiylik maktabi oldinda. Italyan mutaxassislari hisobida jami 11ta kubokbor.

- Agar joriy mavsum «Barselona» g'alaba qozonsa, Ispaniya vakillari bu borada italiyaliklar bilan tenglashib oladilar. Hozircha ular 10ta «shalpangquloq» yutishgan. To'g'ri, Massimiliano Allegri Italiya peshqadamlik mavqeini mustahkamlashga urinib ko'radi, albatta.

- Angliya va Germaniya fuqarolari turnirda 7 martadan zafar quchishgan. Demak, bu yil agar «Liverpul» sovringa ega chiqsa, nemis murabbiylar maktabi Yurgen Klopp hisobiga sof 3-o'ringa chiqadi.

- Umuman olganda, shu kunga qadar 14ta mamlakat vakili turnirda g'alaba qozonish baxtiga muyassar bo'lgan. 

G'olib murabbiylar fuqaroligi 

 G'alabalar

soni

Mamlakat

G'olib murabbiylar (kuboklar soni)

11

Italiya

Nereo Rokko (2ta), Jovanni

Trapattoni (1ta), Arrigo Sakki (2ta),

Fabio Kapello (1ta),

Marchello Lippi (1ta),

Roberto di Matteo (1ta),

Karlo Anchelotti (3ta)

10

Ispaniya

Xose Vilyalonga (2ta), Migel

Munos (2ta), Visente Del Boske (2ta),

Rafael Benites (1ta), Xosep

Gvardiola (2ta), Luis Enrike (1ta)

7

Germaniya

Udo Lattek (1ta),  Dettmar

Kramer (2ta), Ottmar Xittsfeld (2ta),

Yupp Xaynkes (2ta)

 7

Angliya

Bob Peysli (3ta), Brayan Klaf (2ta),

Toni Barton (1ta), Jo Fegan (1ta)

5

 Gollandiya

Rinus Mixels (1ta), Gus Xiddink (1ta),

Yoxan Kroyff (1ta), Lui van Gal (1ta),

Frank Raykaard (1ta)

4

 Shotlandiya

Jok Stok (1ta), Mett Basbi (1ta),

Aleks Fergyuson (2ta)

 4

Argentina

Luis Karnilya (2ta), Elenio Errera (2ta)

3

Ruminiya

Shtefan Kovach (2ta), Emerik Eney (1ta)

Portugaliya

Artur Jorje (1ta), Joze Mourino (2ta)

Frantsiya

Zayniddin Zidan (3ta)

2

Avstriya

Ernst Xappel (2ta)

Vengriya

Bela Guttmann (2ta)

1

Belgiya

Raymon Gutals (1ta)

1

Serbiya

Lyubko Petrovich (1ta)

Turnir gvardiyachilari

- ChLdagi o'yinlar soni bo'yicha etakchi murabbiy - Aleks Fergyuson (190ta)ning mavqei ancha baland. Umuman, joriy mavsum ushbu ro'yxatning yuqori 9taligi o'zgarmasligi aniq.

- Bu yil elit ro'yxatdagi murabbiylardan faqat Xosep Gvardiola va Massimiliano Allegrining statistikasi yaxshilanadi, xolos.

ChKG'ChLda eng ko'p o'yin o'tkazgan murabbiylar 

Murabbiy

 O'yinlar

soni

Klublar

Aleks Fergyuson

190ta

«MYu»

Arsen Venger

178ta

«Monako», «Arsenal»

Karlo Anchelotti

166ta

«Parma», «Yuventus», «Milan»,

«Chelsi», «PSJ», «Real»,

«Bavariya», «Napoli»

Joze Mourino

141ta

«Portu», «Chelsi», «Inter»,

«Real», «MYu»

Xosep Gvardiola

110ta

«Barselona», «Bavariya»,

«Manchester Siti»

Mircha Luchesku

103ta

«Inter», «Galatasaroy»,

«Beshiktosh», «Shaxtyor»

Ottmar Xittsfeld

95ta

«Borussiya» D., «Bavariya»

Lui van Gal

95ta

«Ayaks», «Barselona»,

«Bavariya», «MYu»

Rafael Benites

95ta

«Valensiya», «Liverpul»,

«Inter», «Chelsi» «Napoli»,

«Milan»

Massimiliano

Allegri

84ta

«Milan», «Yuventus»

«Ko'chmanchi» murabbiylar

- Karlo Anchelotti turnirda naq 5ta mamlakatning 8ta jamoasini maydonga olib tushgan. Uning bu masaladagi etakchiligi daxlsiz.

- Joze Mourino ham naq 5ta mamlakat klubini boshqargani bilan faxrlanishi mumkin.

ChKG'ChLda eng ko'p klub boshqargan murabbiylar

Murabbiy

Klublar

soni

Klublar

Karlo Anchelotti

8ta

«Parma», «Yuventus», «Milan»,

«Chelsi», «PSJ», «Real»,

«Bavariya», «Napoli»

Rafael Benites

6ta

«Valensiya», «Liverpul», «Inter»,

«Chelsi» «Napoli», «Milan»

Klaudio Raneri

6ta

«Valensiya», «Chelsi», «Yuventus»,

«Roma», «Inter», «Lester»

Joze Mourino

5ta

«Portu», «Chelsi», «Inter»,

«Real», «MYu»

Ronald Kuman

5

«Ayaks», «Benfika», PSV,

«Valensiya», AZ

 

BestMaster
1 Aprel 2019, 22:40
nafar, golib, sarkarda, yoki, echl, tarixidagi, omadli, murabbiylar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 zedan  
ZO'R
3 Aprel 2019, 23:38
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads