Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Keylor Navas: «Zaxirada o'tiraversangiz, maydonga qaytishga ishonch qolmas ekan»

Kosta-Rika terma jamoasi ixtiyorida bo'lgan «Real» darvozaboni Keylor Navas Ispaniyaning Partidazo de Cope radio dasturiga intervyu berdi.

.
- Yuklab olish

Kosta-Rika terma jamoasi ixtiyorida bo'lgan «Real» darvozaboni Keylor Navas Ispaniyaning Partidazo de Cope radio dasturiga intervyu berdi.

Suhbat chog'ida «Real»dagi o'rni, Santyago Solari va Zayniddin Zidanlar haqida gapirib o'tdi.

O'zining holati haqida

- Kosta-Rika terma jamoasi safidaman. Holatim yaxshi, rahmat. Yoqimli onlardan lazzat olish kerak. Terma jamoa va vataningizga kelish katta quvonch.

Mavsumning qiyin vaziyatlari haqida

- Bu mavsum qiyin kechdi. Lekin futbol bizni nafaqat jismonan, balki ruhan ham imtihon qiladi. Vaziyatni o'nglash uchun qo'limizdan kelganini qilyapmiz.

«Selta»ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda tushishini qanday bilgani haqida

- Bungacha Zidan men bilan gaplashib, o'ynashimni aytgandi. Juda baxtliman. O'z ismingizni asosiy tarkibda ko'rsangiz, baxtiyor bo'lishingiz shubhasiz. Odamlar bu haqda so'rashdi. Ammo shuni aytishim mumkin, ishonchim komil emasdi. Shunchaki, umid bor edi. Chunki murabbiy almashgani uchun buni his qilgandim. Oldingi murabbiyda o'ynamadim. Lekin yangisi bilan eshiklar ochiq.

Solari davrida o'ynamasligini bilgani haqida

- 20ta o'yinni zaxirada o'tkazsangiz, maydonga qaytishingizga ishonmay qolarkansiz.

Yozda ketishi mumkinligi haqida

- Eng avvalo, qaerdaligingizga e'tibor berib, vaziyatni tahlil qilishingiz kerak. O'sha vaziyatda yoz haqida o'ylamadim. Agar mavsum yakunlanishi arafasida vaziyat o'zgarmasa, o'ylab ko'rardim.

Eng qiyin vaziyati haqida

- Chempionlar Ligasidagi so'nggi o'yin qiyin bo'lgan.

Kurtua bilan munosabatlari haqida

- Menimcha, raqobat bo'lishi kerak. Hech kim bilan munosabatim yomon emas. Shunchaki, murabbiy qaror chiqardi va men uni qabul qildim. Bunday vaziyatlarda hech kimga xusumatim bo'lmaydi. Faqatgina o'z ishimdan rohatlanishga intilaman.

Zidanning rotatsiyasi haqida

- Uning qo'l ostidaman. Agar u menga vaziyatni tushuntirsa, haqiqatni aytsa, bu meni tinchlantiradi.

Solari haqida

- U bilan kam muloqot qilardim.

Solarining «Navas - jentlmen» degani haqida

- Ha u menga shunday degan. Solari meni professional sifatida hurmat qilardi. Bundan ortig'i emas. Endi buning menga qizig'i yo'q. O'sha vaqtni xursandchilik bilan eslamayman.

«Real»da qolishi haqida

- Jamoa bilan shartnomam bor va hamisha shu erda qolishni istaganman.

BestMaster
30 Mart 2019, 16:10
keylor, navas, «zaxirada, otiraversangiz, maydonga, qaytishga, ishonch, qolmas, ekan»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
venesius
 venesius  
Biz ham seni ketiwingni istamaymiz
30 Mart 2019, 16:33
 Sokker  
Olg'a navas!
30 Mart 2019, 16:39
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads