Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan yangi «Real Madrid» uchun kimlarni sotib oladi?

.
- Yuklab olish

xabaringiz bor Zidan yangi jamoa shakillantirish arafasida. Bugun Zizu xarid qilish imkoniyati yuqori bolgan Futbolchilar bilan tanishib chiqamiz.

Kristian Erikson

«Tottenhem» yarim himoyachisi  hademay 30 yoshni qoralaydi. Uning iqtidori haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas, ammo hozirga qadar daniyalik futbolchi birorta sovrinni qo'lga kiritganicha yo'q. Uning ajoyib o'yinlari jamoaning chempionlik shohsupasiga chiqishi uchun biroz kamlik qilmoqda. Futbolchining o'zi ham buni ko'p bor intervyularida bayon qilmoqda. Klub bilan shartnomasi 2020-yilda o'z yakuniga etishini hisobga olib, u bilan shartnoma tuzishni istagan «shpor»lar kutilganidek yo'q javobini olishdi. Uning  bunday yo'l tutishi boshqa klub safiga o'tishni juda istayotganini bildiradi. «Tottenhem» Eriksonni  yozda sotib yubormasa, keyingi mavsumda tekinga qo'yib yuborishiga to'gri keladi. Shu sabab, Erikson katta ehtimol bilan yozda «Real Madrid» safiga o'tadi, deya xabar bermoqda Marsa nashri.

Ngolo Kante

Hozirda sayyoramizdagi eng kuchli tayanch yarim himoyachisi so'zsiz «Real Madrid»da o'ynashga haqli. Uning ko'rinishi va hayot  tarzi sodda bo'lgani bilan,  Ngolo maydonda to'p uchun arslondek  kurashadi va ko'pincha yutib chiqadi. London klubining hozirgi saviyasi biroz tushib ketgani va Chempionlar Ligasida g'olib chiqish istagi Ngoloni Madridga etaklashi hech gap emas. Bu ham etmagandek shahsan Zidan uni o'z tarkibida ko'rmoqchi ekanligi tufayli bu trasnferning amalgaoshishini yanada tezlashtirishi mumkin

Eden Azar (Hazard)

Yana bir «Chelsi» futbolchisi mana bir necha yildirki yarim oyog'I bilan «Real Madrid» klubida. Shunga qaramasdan hali-hamon ushbu transfer amalga oshganicha yo'q. Belgiyalik iqtidorli futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi tugashiga bir yil qolmoqda. Uning «Chelsi» bilan yangi shartnoma tuzishi haqiqatdan ancha yiroq. Sababi, futbolchining o'zi «qirollik»klubida o'ynashni juda istamoqda. O'z intervyularida esa, buni yashirib ham o'tirmayapti. Futbolchining taxmniy transfer summasi ham aniq. Abramovich o'z super yulduzini qanchalik olib qolishni istamasin, Azarning o'zi yanada kuchliroq klubga o'tish istagida «yonmoqda».  Zizu esa uni kelajak rejalarining asosiy qismida bor ekanligini va klub uni, albatta, harid qilishini bir necha bor oshkor qildi. Ushbu transferning amalga oshishi tobora oydinlashib bormoqda.

 

Neymar

Bu erda vaziyat 50/50 desak to'g'ri bo'ladi. Neymar o'z intervyularida har-xil ma'lumot tarqatmoqda. Kecha «Frans Fotbal» nashrida «Real Madrid» tarixiy klub deya xabar tarqalgan bo'lsa , oradan 3 kun o'tib Marsa nashri uning o'z klubida baxtiyor ekanligini yozmoqda. Tushunish qiyin bo'lgan vaziyat. Neymar «oltin top» uchun mana bir necha yildan beri kurashni boy bermoqda. Agar «PSJ» da qolsa, hali-beri bu sovrinni qo'lga kiritmasligi aniq. Ayniqsa, «Manchester Yunated»dan qabul qilingan mag'lubiyat bu ishni yanada chigallashtirib yubordi. Umuman olganda, uning kelishi haqidagi mish-mishlar hali uzoq davom etishi aniq

Mauro Ikardi

Hujumchi bilan bir nechta klublar qiziqishgan bo'lsada, hech qaysi transfer amalga oshmadi. Sababi, Ikardi «Inter»da baxtli ekanligini vaj qilib ko'rsatdi. Endilikda klub uni sardorlik bog'ichidan mahrum qildi, bu ham etmaganidek muxlislar ham uni ayrim qiliqlari uchun yomon ko'rib qolishdi. Endilikda argentinalik hujumchini klubda hech narsa ushlab turgani yo'q. Hozirda asosiy tarkibdan ba'zida tushib qolayotgan futbolchining o'zi ham «qirollik» klubiga o'tishga qarshi emas. Yaxshi jamoa, moliyaviy qulay shartnoma, statusi baland klub! Bundan yaxshi imkoniyat yana bo'lmasligi aniq! Shu sabab futbolchining o'zi yangi mavsumni katta ehtimol bilan «Real Madrid»da boshlashi aniq.

Bundan tashqari «Real Madrid» uchun Talyafiko, Eder Militao, Keyn, Mbappe singari futbolchilar ajoyib jamoa tuzishda qo'l kelishi aniq, ammo transferning amalga oshish koefissienti pastligi uchun alohida to'xtalib o'tirmadik.

BestMaster
17 Mart 2019, 17:10
zidan, yangi, «real, madrid», uchun, kimlarni, sotib, oladi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 7
 hdhshhxg  
Zidan birinchi bolib ozini sotish kerak
17 Mart 2019, 17:51
venesius
 venesius  
Bizga azar bilan erikson kelsin qogani kerakmas
17 Mart 2019, 19:02
realhd
 realhd  
Nimalar deyapsan,realchimisan o'zi? Realchi bolmasang nima qilyapsan bu saytda?
17 Mart 2019, 19:06
yamac9597
 yamac9597  
Ohooo Bomba bo'lardi lekin bular kelsa
17 Mart 2019, 20:19
 rmfc  
Daxshatli tarkib yuzaga keladi barakalla zizu davom et
17 Mart 2019, 23:21
 saparmurat2017  
Azar blen kanteni olip kelish kera
18 Mart 2019, 14:56
 0madridist_uz  
Hammani saytimizga taklif qilamiz. Madridist_uz saytiga kiring. Saytimizda futbol menejeri ham bor. Do'stlaringizni ham chaqiring. Turli loyihalarda qatnashing, g'alaba qozoning va turli yutuqlarni qabul qilib oling.
18 Mart 2019, 17:09
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads