“Real” La Liganing 28-turida “Selta”ni mag'lubiyatga uchratdi. Mazkur bahs "Real" prezidenti Florentino Peres uchun 900-o'yin bo'ldi.
72 yoshli menejer boshqaruvida “Real” 596 ta g'alaba, 151 ta durang va 153 marta mag'lubiyatga uchragan.
Peres “Real” bilan 24 ta sovrinni qo'lga kiritdi, EChL va klublar o'rtasida bo'lib o'tadigan JChda ( 5 marta), La Liga, Ispaniya Superkuboki va Evropa Superkubogini ( 4 marta), shuningdek, Ispaniya kubogini ikki marta qo'lga kiritdi.
Peres ushbu ko'rsatkichlar bo'yicha faqatgina afsonaviy Santyago Bernabeu Yestedan ortda qolmoqda.
Bernabeu “Real”ni 1943 yildan boshlab 1978 yilagcha boshqargan. Uning boshqaruvida qirollik klubi 1407 ta o'yin o'tkazgan shundan 811 ta g'alaba, 272 marta durang va 324 marta mag'lubiyatga uchragan.
Ta'kidlab o'tish joiz, Bernabeu davrida madridliklar 35 ta sovringa ega bo'lgan.