Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan «Real»ga qaytishini g'alaba bilan nishonladi

 Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Selta"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

 Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Selta"ni qabul qildi. Zidan jamoani qabul qilib olganidan keyin Isko, Asensio, Beyl, Marselo va Navas asosiy tarkibga qaytardi.

O'z navbatida bu futbolchilar katta ishtiyoq bilan o'ynab, murabbiyning ishonchini oqlashga harakat qilishdi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'limda esa Zidan jamoasi g'alabani o'z tomoniga og'dirdi. Dastlab Modrich olis masofadan zarba berib, hisobni ochgandi. Ammo ofsaydda turgan Varan darvozabon nigohini to'sgani uchun VAR golni bekor qildi.

Oradan ko'p o'tmasdan Marseloning uzatmasidan keyin Isko yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi. 77-daqiqada esa Beyl yakkama-yakka vaziyatga chiqib, qulay imkoniyatni qo'ldan chiqarmadi — 2:0.

Shu tariqa, Zidanning "Qirollik klubi"ga qaytishi muvaffaqiyatli chiqdi. Jamoa o'z ochkolarini 54taga etkazib, 2-o'rindagi "Atletiko"dan 2 ochko ortda qolmoqda. Simeone jamoasi tur bahsini bugun Bilbaoda "Atletik"ga qarshi o'tkazadi.

Ispaniya La ligasi, 28-tur
Real Madrid – Selta 2:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 62 Isko, 2:0 – 77 Beyl.
Real Madrid – Navas, Marselo, Varan, Ramos, Odriosola, Kroos, Isko (Sebalos, 63), Asensio, Modrich (Valverde, 77), Beyl, Benzema (Dias, 82).
Selta – Blanko, Junka (Xudt, 4), Arauxo, Vaskes, Kostas, Yokushlu (Beltran, 75), Brais Mendes, Lobotka, Bufal (Yulsager, 68), Sisto, Maksi Gomes.
Ogohlantirish: Beyl (45).

BestMaster
16 Mart 2019, 22:20
zidan, «real»ga, qaytishini, galaba, bilan, nishonladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
venesius
 venesius  
Raxmat zizu
16 Mart 2019, 22:51
venesius
 venesius  
Endi el classicoda barcani ahvolini koramiz
16 Mart 2019, 22:52
realhd
 realhd  
G'alaba muborak,fanatdoshlar
16 Mart 2019, 22:57
 jm  
Olg'a zidan va real
17 Mart 2019, 00:42
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads