Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Beyl ketadigan vaqti bo'lmadimi?

.
- Yuklab olish

Garet Beyl so'nggi yillarda o'z imkoniyatlarining yarmini ham ko'rsata olmayapti. Unga jarohatlar va o'zi uchun begona bo'lgan pozitsiyada o'ynagani to'sqinlik qilishda davom etmoqda. Futbolchining «Real Madrid»dagi kelajagi yana savol ostida qolmoqda?! Zizu o'z uslubida ishlashni davom etsa, Beyl katta ehtimol bilan yana zahiradan o'yinga qo'shuluvchi futbolchiga aylanadi. Futbolchining kelajagi uchun yangi loyihalarni ko'rib chiqish zarar qilmagan bo'lar edi.

«Napoli»

Futbolchi Karlo Anchelotti qo'l ostida ancha sermahsul o'yin ko'rsatgan edi. Yodingizda bo'lsa Karlo ota uni o'zi uchun qulay bo'lgan pozitsiyasida maydonga asosiy tarkibda tushurar edi. Mutaxassis o'z intervyularida uning imkoniyatlari anchayin katta ekanligini ko'p bor ta'kidlagan.
Anchelottining ketishi Beyl uchun asosiy tarkibdan tushib qolishni boshlanishi bo'ldi. Hozirda «Napoli» «Italiya A» seriyasida g'oliblik uchun kurashda «Yuventus»ga kuchi etmayapti. Uelslik futbolchi chempionlik uchun kurashda g'olib chiqishi uchun klubga etishmayotgan futbolchidir? Har xolda 30 yoshdan so'ng Italiya «A seriyasida» o'ynash «Ispaniya La Ligasida» to'p tepishdan ko'ra futbolchi uchun ham engilroq bo'lar edimi?! Umuman olganda Beyl uchun «Napoli» varianti ustida o'ylab ko'rsa bo'ladi

«Tottenhem»

Futbolchi  «Shporlar» safida o'zini ancha erkin his qilishi aniq. Nima qilsa ham, o'z uyi! Uning qaytishi «nimadir» etishmasligi evaziga har mavsum sovrinlarsiz qolayotgan «Tottenhem» uchun ajoyib imkoniyat. Top darajadagi yulduz uchun ham muddao bo'lishi mumkin. Klubda hamma narsa mavjud: yaxshi murabbiy, ajoyib muxlislar, shakllangan tarkib. Garet bu klub safini tark etayotganda o'ta iqtidorli kelajagi porloq futbolchi edi. Hozirda qahramonimiz klublar o'rtasida jamiki turnirlar g'olibiga aylangan top saviyadagi tajribali futbolchi bo'lib etishdi. Uning ulkan tajribasi muhim uchrashuvlarda «Tottenhem» uchun qo'l kelishi aniq.

«Manchester Yunayted»

Garet hali futbol olamida o'z so'zini to'liq aytganicha yo'q. O'z vaqtida «Manchester Yunayted» taklifini rad etib Ispaniyaga yo'l olgan futbolchi ortga qaytish haqida hozirda jiddiy o'ylamoqda. Uning APLga qaytishi chempionatning  yanada  zavqliroq ko'rinish olishini ta'minlagan bo'lar edi. Garet harakat qiladigan hujumkor o'ng qanot hozirda «qizil iblis»larning eng ojiz nuqtalaridan biri bo'lib turibdi. Uning kelishi kuchayib borayotgan «Manchester Yunayted»ning yana grandlar safiga qaytishini ta'minlagan bo'lar edi. Umuman olganda «Real Madrid» uning uchun talab qilgan summani Ingliz klubi katta qiyinchiliksiz etkazishi aniq. Tashqaridan qaraganda «Manchester Yunayted» hamma uchun qulay variantdek ko'rinmoqda!

«PSJ»

Futbolchiga  moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilab olishi uchun o'ta qulay imkoniyat! Bundan tashqari, yozda klub Kavani va Di Mariani sotishi mumkinligi haqida  mish-mishlar ko'paymoqda. Beyl esa Neymar va Mbappe bilan birgalikda tezkor hujum uchligini hosil qilishi mumkin. Beyl o'z o'yinini yo'qotib qo'ygan bo'lsada, hali ham «Super yulduz» maqomidagi futbolchi! Bu esa parijliklar uchun ayni muddao. Klub o'z safida super yulduzlar harakat qilishini xohlaydi. Bu rivojlanish yo'lidan ketayotgan klubning imidji uchun o'ta muhim faktor! Shunga qaramay, ushbu variantning amalga oshish foizi qolganlarnikidan anchagina pastroq. Sababi, «PSJ» moliyaviy «Feyr-Play» qoidasiga rioya qilishga majbur.

BestMaster
16 Mart 2019, 11:50
ketadigan, vaqti, bolmadimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 madridist_uz  
Hammani saytimizga taklif qilamiz. Madridistuzga kiring. Saytimizda futbol menejeri ham bor
16 Mart 2019, 15:42
venesius
 venesius  
Qayerga bosayam ketsin orniga azar yoki mbappeni ob keliw kere
16 Mart 2019, 22:01
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads