Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real Madrid“ning zahiradagi jangchilari.

.
- Yuklab olish

“Real Madrid“ning zahiradagi jangchilari.

Zidanning “Real Madrid“ klubiga qaytishi o'z-o'zidan ko'p  narsani o'zgartirib  yuborishi aniq.Zidan yosh iqtidorlarga ishonch bildirishini hisobga olsak, “Real Madrid“ning ijardagi bir nechta futbolchilari asosiy tarkibga kirib olishi  uchun qulay imkoniyat paydo bo'lmoqda. Hozir “Real Madrid“ning ijaradagi futbolchilari bilan tanishib chiqamiz
Buni qarangki, “Qirollik klubi“ning  naqd 25 nafar futbolchisi ijara asosida boshqa klublarda to'p tepmoqda. Ularning asosiy jamoaga nomzodlari bilan tanishtirib o'tamiz.

Ashraf Hakimi

Zidan qo'l ostida himoya chizig'ida o'zini ko'rsata olgan futbolchi hozirda “Bundesliga“da chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Borussiya Dortmund“ safida harakat qilmoqda. Bu mavsumda yosh iqtidor yangi klubi libosida 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi va gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Uning ortga qaytish imkoniyati qolganlarnikidan ancha balandroq bo'lsa, ajab emas.

Teo Ernandez (Hernandez)

21 yoshlik iqtidorli futbolchi hujum ortidagi futbolchilarning birini o'rnini egallashi kutilayotgan edi, ammo Zizu ketgach klub uni ijaraga berib yubordi. Afsuski, “Alavez“ safidagi ajoyib o'yinlari bilan ko'plab grandlarning e'tiborini tortgan Teo “Real Sosedat“ safida o'ynab keta olmadi. Uning jamoasi hozirda musobaqa jadvalining o'rtalarida bormoqda. Qahramonimiz esa, atigi bir bor raqib darvozasini ishg'ol qildi holos.

Mateo Kovachich

Xorvatiyalik yarim himoyachi “Real Madrid“ safida o'yin amaliyotisiz qolishidan qo'rqib “Chelsi“ safiga borib qo'shilgan edi. Afsuki, u erda ham hozircha Sarrining ishonchini oqlay olmadi. Futbolchining huquqlari hali-ham “Real Madrid“ga tegishli ekanligini hisobga olsak, bu mavsum so'ngida u yana Zidan ixtiyorida bo'ladi.

Andrey Lunin

Ukrainalik yosh posbon harid qilinishi bilan “Leganes“ klubiga ijara asosida o'tgan edi. Iqtidorli darvozabon yangi jamoasida birinchi raqamli kipper bo'la olmadi. Bu mavsum u atigi 3 ta o'yinda maydonga tushdi. Shunga qaramay Zidan uning ikkinchi raqamli darvozabon sifatida yangi mavsumda klubda olib qolish ehtimoli juda yuqori.

Hames Rodriges

60 millionlik futbolchining ijaraga berib yuborilishi futbol tarixida juda kam uchraydigan voqea. “Qirollik klubi“ esa uni ortga qaytishini yana ortga sursa, ajab emas. Sababi, uning Zizu bilan munosabatlari yaxshi desak, aldagan bo'lamiz. Mana 2 yildan beri “Bavariya“ sharafini himoya qilayotgan Kolumbiyalik futbolchi o'z formasini tiklab oldi va asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Uning kelajagi qaysi klub bilan bog'lanishi  hali hamon so'roq ostida turibdi...

Lukas Silva

“Real Madrid“ning yashirin qurollaridan biri. Klub uni deyarli 4 yil avval 14 million evroga harid qilgan edi. Braziliyaning “Kruzero“ klubi futbolchini ijara asosida o'z tarkibida olib qoldi va undan ajoyib tarzda foydalanmoqda. Futbolchi ayniqsa o'tgan mavsumda “Kopa Libertadoris“ turnirida o'zini yaqqol namoyon qildi va yana omma e'tiborini o'ziga qaratdi. Voqealar rivoji hammani hozirdan o'ylantirmoqda. Sababi, futbolchining “Real Madrid“ bilan shartnomasi 2020-yilda o'z yakuniga etadi. Nahotki klub futbolchini ijaraga berish uchun harid qilgan bo'lsa?!

Raul de Tomas

“Qirollik klubi“ning yana bir joker kartasi! Hujumchi o'tgan mavsumda “Segunda“da 24 ta gol kiritib top urarlar poygasida ikkinchi o'rimni qayd etgan edi. Bu mavsum “Primero“da allaqachon 11 bor darvozalarni ishg'ol qilishga ulgurdi. Eng qizig'i uning “Primero“dagi foydali ish koyfissienti Beylnikidan sezilarli darajada ko'proq. Uning qaytishi klub uchun yaxshi hujumchini qo'lga kiritishdek gap
Klub bu futbolchilardan tashqari yana :Alvaro Bravo, Karlos Kobo, Mario del Kampo, Serxio Diaz,Echu, Aleysh Febas, Gorka Fidalgo,Diego Ernandez, Lin Liyamin,Pablo Margalo, Borxa Mayoral, Adrian Moreno, Martin Edogor, Luis Kaseda, Oskar Rodrigez, Alexandro Sotilos, Alvaro Texero singari futbolchilarni ijaraga bergan. Hozircha ular e'tiborni torta oladigan darajada mavsum o'tkazmayotgani va ko'pchiligi Ispaniyaning quyi dvizionlarida top tepayotgani uchun ular to'g'risida ortiqcha to'xtalib o'tmadik!

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev

BestMaster
13 Mart 2019, 15:10
“real, madrid“ning, zahiradagi, jangchilari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads