Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» irodali g'alabani qo'lga kiritdi

Ispaniya La ligasining 27-turi doirasida "Real" safarda "Valyadolid" klubi mehmoni bo'lib, irodali g'alabaga erishdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La ligasining 27-turi doirasida "Real" safarda "Valyadolid" klubi mehmoni bo'lib, irodali g'alabaga erishdi.

Birinchi bo'limning dastlabki yarmida mezbonlardan omad ochiqchasiga yuz o'girdi. Bahsning 13-daqiqasida Odriosola o'z jarima maydonchasi ichida raqib hujumchisini tortib qolgani uchun hakam "Real" darvozasi tomon penalti belgiladi. Alkares esa 11 metrdan to'pni osmonu falakka tepib yubordi. Keyingi 5 daqiqa ichida "Valyadolid" raqib darvozasini bir emas, ikki marta ishg'ol qildi. Ammo har ikkala gol kichik ofsayd tufayli bekor qilindi.

Maydon egalari shuncha omadsizlikka qaramay, ruhan sinib qolishmadi. Ular 28-daqiqada madridliklar darvozasini ishg'ol qilishdi. Anvar Tuhamiy bo'sh darvozani ishg'ol qilayotganida ofsaydda emas edi.

"Real" esa tezda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Burchak to'pi o'yinga kiritilgan paytda Nacho to'p uchun kurashda darvozabondan ustun keldi. Varan esa osongina to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

Mezbonlar ikkinchi bo'limni faol boshlab, ikkita xavfli vaziyat yaratishdi. Ammo ulardan foydalanishda "Valyadolid" hujumchilariga mahorat etishmadi. Oradan ko'p o'tmasdan esa Odriosola penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi. Benzema undan samarali foydalanib, yana "Madrid"ni oldinga olib chiqdi.

O'yinda nazorat qilishni davom ettirgan Solari shogirdlari bahsning 60-daqiqasida burchak to'pini o'yinga kiritishdi. Karim Benzema esa bosh bilan darvozani zabt etdi.

Ushbu goldan keyin "Valyadolid" hujumkorlikni oshirdi. O'yinning 77-daqiqasida ular burchak to'pini o'yinga kiritishdi va yo'llangan zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi. 80-daqiqada esa Kazemiro ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. "Real" esa bir kishi kam bo'lib o'ynaganiga qaramay, to'rtinchi golni urdi. Modrich raqib jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldab o'tdi va birga-bir vaziyatda darvozani ishg'ol qildi.

Mazkur g'alabadan keyin "Real" 2-o'rinda borayotgan "Atletiko"dan 5 ochkolik farqni saqlab qoldi.

Ispaniya La ligasi, 27-tur
Valyadolid – Real Madrid 1:4 (1:1)
Gollar: 1:0 – 29 Anuar, 1:1 – 34 Varan, 1:2 – 51, penalti Benzema, 1:3 – 59 Benzema, 1:4 – 85 Modrich.
Valyadolid – Masip, Kalero, Antonito, Martines, Xoakin Fernandes, Anuar (Verde, 63), Michel, Keko (Chop, 73), Alkaras, Plano (Unal, 86), Serxi Gvardiola.
Real Madrid – Kurtua, Varan (Valexo, 88), Regilon (Marselo, 89), Nacho, Odriosola, Modrich, Sebalos, Kroos (Valverde, 74), Kazemiro, Asensio, Benzema.
Ogohlantirishlar: Odriosola (12), Regilon (45), Martines (61), Kurtua (64), Kazemiro (69).
Chetlatish: Kazemiro (80, ikkinchi ogohlantirish).

BestMaster
11 Mart 2019, 02:50
liga, «real», irodali, galabani, qolga, kiritdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads