Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid»ga nima bo'ldi? Inqiroz sabablari...

.
- Yuklab olish

So'nggi muhim o'yinlarda «Qirollik klubi» mag'lubiyatlar ko'chasiga kirib qoldi. Klublar o'rtasidagi eng nufuzli turnirda 3 bor ketma-ket chempionlikdan so'ng  klub YChL bilan xayrlashdi. Bunga o'rtamiyona «Ayaks» ko'maklashib yubordi.
Zidan va Ronaldo ketgach, «Real Madrid» sezilarli darajada kuchsizlashib qoldi. Bugun «Real Madrid» jamoasining muammosi nimada ekanligini tahlil qilib ko'ramiz

Yoshi o'tib qolgan futbolchilar

«Real Madrid»ning YChLni ketma-ket qo'lga kiritgan tarkibiga yaxshiliab nazar soling: Toni Kroos 30 yosh, Serxio Ramos 33 yosh, Modrich 34 yosh, Beyl 30 yosh, Benzema 32 yosh, Keylor Navas 33 yosh, Marsello 31 yosh, Nacho Fernandez 30 yosh, Kazemiro 28 yosh, Ronaldo 34…

E'tibor berilsa, «Real Madrid»ning ketma-ket chempionlik shohsupasiga olib chiqqan futbolchilarning yoshlari ancha o'tib qoldi. Bundan tashqari bu futbolchilar klublar o'rtasida qanday sovrinlar bo'lsa, deyarli hammasida g'olib chiqishdi. O'z-o'zidan motivatsiyaning keskin tushib ketishi odatiy xolat. Vinicius Junior, Asensio, Regilon singari yoshlarning g'alabaga chanqoqligi esa katta zafarlar uchun etarlicha bo'lmasligi aniq. Klub hozirda avlodlar almashinuvini boshidan o'tkazish arafasida turibdi. Bu holat osonlik bilan o'tib ketmaydi va o'yinlar sifatiga ham ta'sir etmasdan qolmaydi.

Ronaldoning ketishi

«Real Madrid»ning  bu mavsumdagi omadsiz o'yinlarini juda ko'pchilik Ronaldoning ketgani bilan bog'lamoqda. Aslida, ham shundaymi? O'ylab qaralsa, portugaliyalik afsonaning klubda tutgan o'rni beqiyos edi. Har mavsumda 50 ta gol uradigan futbolchining o'rni har qanday klubda bilinib qolishi oddiy holat. Ronaldoning jamoadan ketishiga asosiy sabablardan biri bu - sobiq jamoadoshlarida motivatsiyaning qolmagani desak, adashmagan bo'lamiz. Ronaldo o'z daromadining katta qismini  imidji va reklama agentliklari orqali olishi hech kimga sir emas. Ronaldo jamoadoshlaridagi g'alabaga chanqoqlik yo'qolishini sezishi bilanoq, jamoani tark etdi. U tug'ma chempion va doim 1-o'rin uchun kurashdi. To'g'ri, «Yuventus» safida EChLda g'alaba qozonish biroz qiyindek ko'rinmoqda, ammo «Yuve» hali turnirdan chiqib ketganicha yo'q va ularda imkoniyat saqlanib turibdi.

Ronaldo jamoadan ketgach, bu holat «Real Madrid»ning o'yiniga va ruhiy holatiga yaxshigina zarba bo'ldi deb bemalol ayta olamiz. Sababi yaxshi futbolchilarning o'rni doimo ular ketgachgina seziladi…

Florentina Perezning xatolari

Tan olish kerak Perez janoblari «Real Madrid» uchun katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Deyarli hamma sovrinlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Shunga qaramasdan qahramonimiz so'nggi yillarda ketma-ket xatolarga yo'l qo'ydi va jamoani kuchsizlanishiga o'zi istamagan holda sabab bo'ldi. Quyida uning xatolarini sanab o'tamiz

1- Ajoyib o'yinlar ko'rsatayotgan, eng qiyin chog'larda jamoaning joniga oro kirgan darvozabonning o'rniga iqtidorli, ammo yosh Kurtuaning olib kelinishi.

2- Bir necha yillardan beri jarohatlar girdobiga tushib qolgan Beylning va Ronaldodek futbolchilarga o'z vaqtida o'rinsbosar tayyorlay olmagani.

3-Zidandan so'ng katta tajribaga ega bo'lmagan murabbiylarni tavakkal tayinlab klub obro'sining keskin tushishiga sabab bo'ldi.

4- Chinakam gol mashinasiga aylangan Ronaldoning jamoada olib qolish uchun hech qanday chora ko'rmagani esa hamma xatolarning birdaniga yuzaga otilib chiqishiga sabab bo'ldi.

5-Ronaldo ketgach, zudlik bilan uning o'rnini to'ldira olmadi va Mariano Diazga uning raqamini topshirdi. Vaholanki, bu raqam uchun munosib futbolchilarni olib kelish uchun unda imkon ham, vaqt ham etarli edi.

Avlodlar almashinuvi

Futbol - qiziq olam, uning o'ziga yarasha yozilmagan qonun-qoidalari mavjud. Ana shunday qoidalardan biri bu - avlodlar almashinuvi. «Real Madrid» o'z darajasiga chiqib olish uchun bu holatni boshidan o'tkazishga majbur. Shunga qaramay, hursand qiluvchi omillar ham yo'q emas. Klub agar Vinsiusning shakllanib borishini ta'minlay olsa, u kelajakda Ronaldo, Messi singari 1-raqamli futbolchiga aylana oladi. Bilasizmi, nega uni «Qirollik klubi» muxlislari bu qadar tez yoqtirib qolishdi? Sababi unda, uning ko'zlarida g'alabaga chanqoqlik shundoq ko'rinib turibdi. U hali futbol olamida o'z so'zini aytganicha yo'q, U hali «La Liga»da ham g'oliblik ta'mini totib ko'rmadi. Ilk YChLsidan chiqib ketganida esa qanday ko'z yosh to'kkanini butun dunyo ko'rdi. Bu futbolchi atrofida yangi jamoa tuzilsa, o'ylashimcha, kelajakda yaxshi natijalar qayd etish mumkin. Zero, Vinisuisning potentsiyali bunga etadi.

Buyuk klub

«Real Madrid» o'z tarixi, millionlab muxlislari, obro'- e'tiboriga ega klub. U Ronaldo  yoki Zidan yordamida buyuklikka erishdi deyish noo'rin. Aksincha, bu klub ko'plab yulduzlarni buyuklar safiga qo'shdi. Bir asrlk urf-odatiga ega klub nimalarni ko'rmadi deysiz?! Gohida keskin pasayish, gohida sayyoramizning eng kuchli klubi nomini qaytarib oldi. Hozirgi tushkun vaziyat esa o'tkinchi holat. Har qanday buyuk klublar o'z tarixida bir necha bor shunday holatga tushib qolishgan va undan mardonavor chiqib ketishni uddalashgan. Ularning buyukligining sababi ham mana shundadir, balki?! Men ishonaman, «Real Madrid» tez orada o'z taxtiga qaytadi va buyuk klub ekanligini hammaga yana bir bor isbotlaydi!

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev

BestMaster
7 Mart 2019, 11:20
«real, madrid»ga, nima, boldi?, inqiroz, sabablari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 6
yamac9597
 yamac9597  
Real barbir Qirol
7 Mart 2019, 11:29
 avvalgirealyoq  
Tog'ri Gap 100%
7 Mart 2019, 12:31
 frodo  
Real baribar reAM
7 Mart 2019, 15:11
 frodo  
Balotelli: "Barcelona klubi ikkita stadionga ega bo`lgan yagona klubdir, o`yinlar uchun "Camp Nou", mashg`ulotlar uchun "Santyago Barnabeu" - deydi Italiyalik yulduz.
7 Mart 2019, 15:11
yamac9597
 yamac9597  
Balotelli forodoni onasi bn opasini sikkan 1ci qora qotoqli odam ekan hahahahaaaa
7 Mart 2019, 21:37
 melo  
Hamma ayb trenerda
8 Mart 2019, 10:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads