Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Solari muxlislarga murojaat qildi: «Iltimos, bizdan yuz o'girmang»

«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari «Ayaks»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:4, 2:1 – birinchi o'yin) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari «Ayaks»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:4, 2:1 – birinchi o'yin) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Bu juda og'ir hafta bo'ldi. O'z muxlislarimizdan uzr so'rayman. Ular bizni qiyin pallada qo'llab-quvvatlashdi. Biz qo'ldan kelgan barcha ishni qildik. Bizdan yuz o'girmang.

Albatta, Ramosning o'rni bilindi. Men hech bir futbolchini ayblamoqchi emasman. U bizning sardor.

Ha, bu mavsum og'ir bo'lmoqda. Ammo biz o'z xarakterimizni namoyish qilib, chin yurakdan o'ynashimiz lozim. Engil palla barcha uchun oson. Ammo qiyin vaziyatda iroda ko'rsatishimiz kerak.

Tarkib borasida boshqacha qaror qabul qilishim mumkin edimi? Bu savolga javob bera olmayman. Murabbiy o'yinga qadar qaror qabul qiladi. Umuman olganda, ushbu mavsum biz uchun og'ir bo'lmoqda. Asosiy jamoaga ko'plab yoshlar jalb qilindi. Ular ajoyib futbolchilar. Buni bilamiz.

Bizga hozir nima kerak? Xotirjamlikni saqlashimiz lozim. Boisi, «Real Madrid» hamisha kuchli bo'lib qaytadi», – dedi Solari.

BestMaster
6 Mart 2019, 08:20
solari, muxlislarga, murojaat, qildi, «iltimos, bizdan, ogirmang»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads