Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Frenki de Yong: «Barselona» bilan shartnoma imzolaganimda, «Real»ni EChLdan chiqarib yubor», deyishgandi»

«Ayaks» yarim himoyachisi Frenki de Yong Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida «Real»ga qarshi bo'ladigan javob o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Ayaks» yarim himoyachisi Frenki de Yong Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida «Real»ga qarshi bo'ladigan javob o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Gollandiyalik futbolchi yanvar oyida "Barselona" bilan shartnoma imzolagandi. U "ko'k-anorranglilar" safiga yozda kelib qo'shiladi.

— «Real» muxlislariga nisbatan qanday munosabatda bo'lish haqida «Barselona»dan maslahat so'radingizmi?
— Hali yo'q. Faqat «Barselona» bilan shartnoma imzolaganimdan keyin menga: «Real»ni musobaqadan chiqarib yuborishga harakat qil», — deyishdi. Albatta, bu kataloniyaliklar uchun yaxshi ish bo'lardi.

— Siz «Real»ning o'yinini tahlil qilish uchun raqibning «Barselona»ga qarshi ikkita o'yinini tomosha qildingizmi?
— Shanba kuni o'yinni televizor orqali tomosha qildim. Lekin «Real»ning o'yinini tahlil qilish uchun emas. Albatta, men o'yinni boshqacha nazar bilan kuzatdim. Boisi, madridliklarga qarshi o'yin kutib turibdi. Umuman olganda, men muxlis sifatida o'yinni tomosha qildim. Raqib haqida tahliliy materialni esa murabbiy shtabidan olyapmiz.

«Real» — «Ayaks» o'yini bugun tunda — Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi. Amsterdamda o'tgan dastlabki o'yinda "Qirollik klubi" 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.


BestMaster
5 Mart 2019, 21:30
frenki, yong, «barselona», bilan, shartnoma, imzolaganimda, «real»ni, echldan, chiqarib, yubor», deyishgandi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Barnabeo  
Bu bols uziga juda ishonip yuboryapti hali koramis realni chligadan chikarish oson emas
5 Mart 2019, 23:03
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads