Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» «o'lik»mi? Valverde javob berdi

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya La ligasining 26-turi doirasida bo'lib o'tgan «Real»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:0) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya La ligasining 26-turi doirasida bo'lib o'tgan «Real»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:0) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

— Ikki yildan beri chempionatda raqiblardan katta farq bilan oldinga o'tib ketyapmiz. Vaqti kelib buni qadriga etishadi. Lekin oldimizda hali olis yo'l turibdi.

— «Real» «o'lik»mi?
— Ular ko'p o'yinlarda g'alaba qozonishlari mumkin. Shuningdek, «Atletiko» ham bor. Agar bu jamoalarni hisobdan chiqarib yuborsak, yutqazishni boshlashimiz mumkin.

90 daqiqa davom etgan jangdan keyin, balki biz qanday natijaga erishganimizni yaxshi anglay olmayotgan bo'lishimiz mumkin. Ammo muxlislarimiz xursand.

Uch kun avvalgi o'yinda o'yinni nazorat qilishga harakat qilgandik, ammo o'shanda o'yinimiz u qadar yuqori darajada bo'lmagandik. Bugun esa yaxshiroq o'ynadik.

Agar ikkinchi golni urib olganimizda, o'yin so'ngidagi bosimni yo'qqa chiqargan bo'lardik. Lekin biz raqibga imkon qoldirdik. Pike to'pni egallab, darvozamiz tomon yura boshlaganida... Juda xavotir oldik.

— Messi haqida nima deya olasiz?
— Uning holati yaxshi. U barcha futbolchilar kabi qattiq harakat qildik. Messi — o'zga sayyoralik. Har safar u to'p bilan harakatlana boshlaganida, qandaydir xavfli vaziyat yuzaga keladi.

— Rakitich haqida fikringiz qanday?
— Ivan o'yin boshidan — oxirigacha, mavsum boshidan — oxirigacha barqaror o'yin namoyish qiladi. U juda qadrli futbolchi.

— Muxlislar oldida reytingingiz oshdimi?
— Bilmadim. Men faqat jamoam yaxshi o'ynashi va g'alaba qozonishi haqida bosh qotiraman.

BestMaster
3 Mart 2019, 07:40
«real», «olik»mi?, valverde, javob, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 Yusufbe  
Barcaga omad
3 Mart 2019, 19:04
 janob506  
puplor
3 Mart 2019, 19:22
 killian  
Gnomselona tvarlari
4 Mart 2019, 07:12
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads